Menejment va statistika


Itensivlikni ifodalovchi nisbiy miqdor (Inm)



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə22/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

Itensivlikni ifodalovchi nisbiy miqdor (Inm). Bu ko‘rsatkich o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa va jarayonlarni ifodalovchi ikki miqdor bir-biri bilan taqqoslanadi.
To‘plamning bir ob’ektiga doir miqdor
Inm = -------------------------------------------------------------
To‘plamning ikkinchi ob’ektiga doir miqdor

Misol: 1) O‘zbekiston Respublikasida 1997 y. 23443,7 ming aholi bo‘lib, 614,0 ming kishi tug‘ilgan. Demak har bir 1000 kishiga tug‘ilganlar sonini hisoblaydigan bo‘lsak = 614000 : 23443.7 = 26 kishi bo‘ladi.


2) O‘zbekiston hududi 447,4 kv.km. bo‘lib, uning aholisi 1997 y. 23443,7 ming kishini tashkil etgan. Xududning har bir kv.km ga qancha aholi to‘g‘ri kelishini topamiz, ya’ni aholining har bir kv.km ga zichligini aniqlaymiz:
23443,7 ming k
Aholi zichligi = ----------------------------- = 52 ming kishi
447,4 kv. km
Demak intensiv nisbiy miqdorlar natijalarida ikki ko‘rsatkichlarning o‘lchov birliklari ham qatnashadi. Intensiv nisbiy miqdorlarning boshqa nisbiy miqdorlardan yana bir farqi shundaki, ularning natijalari aniq sonlar bilan ifodalanadi.
Intensiv nisbiy miqdorlar aholining xududlardagi zichligi, har 100 aholiga tug‘ilish, nikoh, o‘lim kabi ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri kelishi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad, har bir gektar erga solingan o‘g‘it saomog‘i kabilarni aniqlashda foydalaniladi.
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari (Knm) to‘plamning bir-biriga bog‘liq ikki guruhlarining bir-biriga nisbati bilan aniqlanadi. Bunday nisbiy miqdorlarni aniqlash to‘plam guruhlarining bir-biri o‘rtasidagi nisbiy koordinatsiyani aniqlashda foydalaniladi:


to‘plamning I qismi to‘plamning II qismi

Knm = ------------------------------- yoki ----------------------------------

To‘plamning II qismi to‘plamning I qismi
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari shahar va qishloq aholisi, ayol va erkaklar, tovaroborot hajmidagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar guruhi, oshxonalardagi o‘z ishlab chiqargan va sotib olgan mahsulotlarning nisbati kabi ko‘rsatkichlarni ifodalashi mumkin.
Misol: Korxonada barcha xodimlar soni 80 kishini tashkil etadi, shu jumladan ishchilar soni 65 ta kishi ma’muriy- boshqaruv xodim 15 kishi; Korxona ma’muriy-boshqaruv xodimlarining ishchilar soniga nisbatini aniqlaymiz :
15 x 100

Knm = ---------------- = 23 %


65
Demak korxona rahbariyati ishchilarga nisbatan 23 foizini tashkil etar ekan.

Taqqoslash nisbiy miqdorlari (Tnm) turli ob’ekt yoki xududlarga taaluqli mohiyati bir xil hodisa, jarayonlarni o‘zaro nisbati bilan taqqoslaydi. Bunda mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, xududlarning katta-kichikligi taqqoslamasi, tarmoqlardagi mehnat unumdorligi, hosildorliklarni taqqoslash va shu kabilar misol bo‘ladi.


Misol: Korxona mahsulot ishlab chiqarish rejasini 3 % ga oshirib bajardi. Agarda korxona o‘tgan yilga nisbatan 5 % ko‘p mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, mahsulot ishlab chiqarishni necha foizga o‘sishni rejalashtirganligini aniqlang?
Misol: Korxona ishlab chiqarayotgan bir mahsulotining tannarxi o‘tgan davrda 140 so‘m bo‘lgan. Korxona kelasi yil mahsulot tannarxini 135 so‘mgacha pasaytirishni rejalashtirgan. Korxonaning tannarxini pasaytirish reja topshirig‘i nisbiy ko‘rsatkichini aniqlang?
Misol: Avtomobil ishlab chiqarish 1999 yilda 1990 yilga nisbatan 6,0 barobar ko‘paygan, shu jumladan yuk mashinalari ishlab chiqarish 2,0 barobarga, 1999 yilda engil mashinalar hissasi 60% ni tashkil etgan bo‘lsa, ularning 1990 hissasi qancha bo‘lganligini aniqlang?


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin