Menejment va statistika


Korxonalar aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligining statistikasi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə84/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

4.3. Korxonalar aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligining statistikasi
Korxonalar aylanma mablag‘lar bilan yetarli miqdorda va assortimentda ta’minlangan bo‘lishi lozim. Korxonalarning aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligini quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalaydi. Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag‘larning haqqiqiy qoldiqlari belgilangan me’yorlarga to‘g‘ri ekanligi; korxona faoliyat natijalariga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘larni, asosiy vositalarga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘larni, hamda xodimlarning aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligini yoki bitta xodimga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar va boshqalar.
Faoliyat natijasiga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar ko‘rsatkichi (Ay.mabl. sig‘imi) aylanma mablag‘lar summasini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbatan aniqlanadi.
Ay.mabl.
Ay.mabl.sig‘imi = ------------------------------
mahsulot hajmi (N)

Aylanma mablag‘lar haqqiqiy miqdori bilan ta’minlanganlik koeffitsienti (Ay.mabl.X.K.) aylanma mablag‘lar haqqiqiy qoldig‘ini ularning belgilangan me’yorlariga nisbati bilan aniqlanadi.


Ay.mabl.X.
Ay.mabl.X.K. = -----------------------
Ay.mabl.M.
Asosiy vositalarga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar aylanma mablag‘lar (Ay.mabl.) summasining korxona asosiy vositalar summasiga nisbati bilan hisoblanadi
Korxona xodimlarining aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligi yoki bir xodimga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar o‘rtacha miqdorlarini xodimlar o‘rtacha soniga nisbati bilan aniqlanadi.
Ay.mabl.
X Ay.mabl. = -----------------------
xodimlar
Korxonada ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar hajmi yuqori sur’atlar bilan ko‘paygan sharoitda, har bir xodimga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘larning ortishi ijobiy holdeir.

4.4. Korxonalarda aylanma mablag‘larining foydalanish samaradorligining statistikasi
Korxonalar mavjud mablag‘lari shu jumladan aylanma mablag‘laridan ham samarali foydalanishlari lozim. Aylanma mablag‘lar foydalanish samaradorligini ko‘rsatkichlari tizimi belgilaydi. Ularning asosiylari quyidagilardir:
Aylanma mablag‘larning aylanuvchanlik koeffitsienti, boshqacha aytganda aylanma mablag‘lar shu korxonada hisobot (tahlil) davri mobaynida necha marta aylangan. Ishlab chiqarish korxonalarida bu ko‘rsatkichni har bir so‘m aylanma mablag‘larga qancha mahsulot ishlab chiqarilgan deyish ham mumkin.
Bu ko‘rsatkich (Ay.mabl.ak) korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini (Q) aylanma mablag‘lar o‘rtacha qiymatiga nisbati bilan hisoblanadi.
Q
Ay.mabl. ak = -----------------------

Ay.mabl.


Aylanma mablag‘larning kunlardagi aylanuvchanligi aylanma mablag‘lar o‘rtacha qiymatini o‘rtacha bir kunlik mahsulot hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi :
(Ay.mabl..a) = Ay.mabl.: Q : Ks
Bunda: Ks - hisobot davridagi kunlar soni

Aylanma mablag‘lar daromadliligi olingan yalpi daromad summasini aylanma mablag‘lar summasiga foizlardagi nisbati bilan aniqlanadi va bu ko‘rsatkich 100 so‘m aylanma mablag‘lardan foydalanib, qancha daromad olinganligini bildiradi.


Daromadlar x 100
Ay.mabl.d = ---------------------------
Ay.mabl.

Aylanma mablag‘lar rentabelligi (foydaliligi) korxonaning foydasini foydalanishdagi aylanma mablag‘lar summasiga foizdagi nisbati bilan hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich korxona har bir 100 so‘m aylanma mablag‘larga qancha foyda olganligini ko‘rsatadi.


foyda x 100
Ay.mabl f = -----------------------
Ay.mabl.

Aylanma mablag‘larning samaradorligini tahlil qilganda debitor qarzlarning ham aylanuvchanligini aniqlash va tahlil qilish lozim. Bu ko‘rsatkich (D.a) debitor qarzlar summasini hisobot davri kunlariga ko‘paytirib va sotilgan mahsulot hajmiga bo‘lib topiladi.


. Debitor x Ks
Da = -----------------------
Q



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin