Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati Bajardi: Absattarov Ravshanbek



Yüklə 11,16 Kb.
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü11,16 Kb.
#181780
  1   2   3
MN-122 Absattarov Ravshanbek

Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati

Bajardi: Absattarov Ravshanbek

Tekshirdi: Qilichov Bobur

1-Reja

  • Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari.
  • Menejmentning ilmiy maktablari.
  • Menejmentning xorijiy modellari.

1-Reja


Boshqaruv odamlar bilan birga paydo boʻlgan. U mehnatni taqsimlanishi va kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan asoslangan. Bunda ulardan birlari rahbar, yaʼni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularning tobelari, yaʼni boshqariladiganlar boʻladilar.
Boshqaruv muammosini birinchi boʻlib hal qilishga qadimgi misrliklar kirishganlar. 6 mingga yaqin yillar oldin ular odamlar faoliyatini maqsadga yoʻnaltirilgan holda tashkil qilish, uni rejalashtirish va natijasini nazorat qilish zarurligini tan olganlar, hamda boshqaruvni markazlashtirmaslik haqida masalani qoʻyganlar.
Eramizga qadar 20 asrda Misrga qoʻshni Vavilonda podshoh Xammurapi boshqaruv va nazorat qilish zaruriyati uchun sopol jadvallardagi hujjatlar va guvohlik koʻrsatmalarini qoʻllagan, amaldor shaxslar tomonidan javob-garlikni oʻz tobelariga oʻtkazishga yoʻl koʻymaslikni tan olgan, ish haqi darajasini qonunan belgilagan.Eramizga qadar uchinchi ming yilliklar bilan sanalangan sopol jadvalchalarga tijorat bitimlari haqidagi maʼlumotlar va qadimgi Shumeriya qonunlari yozilgan, bu ham u yerda boshqaruv amaliyoti mavjudligidan darak beradi. Boshqaruvga antik davrda ham maʼlum ulush qoʻshilgan, bizning eramizdan 400-yil avval Suqrot boshqaruvning universalligi tamoyili shakllantirgan. Uning zamondoshi Eron shohi Kir odamlarni harakat qi-lishga undashnini, yaʼni motivatsiyani maxsus tadqiqot qilish zarurligi haqidagi gʻoyani ilgari surgan. U yana boshqaruv axborotlarini ishlab chiqish va rejalar tuzish muammosini ham koʻrib chiqqan. Biroz keyinroq Gretsiyada mehnat operatsiyalarini bajarish va ularning bir maromdaligini taʼminlash usullari bilan shugʻullanganlar. Platon ixtisoslashish tamoyilini shakllantirgan.
Eramizdan avvalgi 325-yilda Iskandar Zulqaynayn birinchi marta jangovar harakatlarni boshqarish markazi sifatida shtabni tashkil qilgan. Qadimgi tashkilotlar maʼlum tuzilishga ega boʻlgan, unda boshqaruvchining darajalari ajratilgan. Yirik siyosiy tashkilotlar ham mavjud boʻlganlar, qirollar va generallar ularning rahbarlari boʻlganlar. Yana boshqaruvchilar, omborlarni saqlovchilari, mol haydovchilar, ishni nazorat qiluvchilar, xududlarning gubernatorlari va xazinachilar boʻlganlar, ular ushbu tashkilotlarning faoliyatini taʼminlashga yordam berganlar.
Yillar oʻtdi, koʻpgina tashkilotlarni boshqarish aniqroq va murakkabroq, tashkilotlarning oʻzlari esa – kuchliroq va barqarorroq boʻla boshlaganlar. Rim imperiyasi bunga misol boʻlib xizmat qiladi, u yuz yillar mavjud boʻlgan. Boshqaruvning aniq tuzilishi bilan ajralib turuvchi, generallar va ofitserlardan tashkil topgan diviziyalarga boʻlingan rim armiyasi legionlari yomon tashkil qilingan Yevropa mamlakatlari, Oʻrta Osiyo davlatlari orqali gʻalaba marshi bilan oʻtganlar. Bosib olingan xududlar Rimga boʻysunuvchi gubernatorlar boshqaruviga berilgan, Rim bilan aloqa oʻrnatish uchun yoʻllar qurilgan.
XIX asrning boshida ingliz tadqiqotchisi R.Ouen koʻp vaqtini tashkilot maqsadlariga boshqa odamlar yordamida erishish muammolariga bagʻishlagan. U ishchilarga durustroq uy-joy bergan, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilagan, ularning mehnatlari natijalarini baholash tizimini ishlab chiqqan va koʻpgina toʻlovlar yoʻli bilan yaxshi ishni ragʻbatlantirgan. Bu islohotlar haqiqat va rahbar rolini insoniy idrok etishning mohiyatida noyob yorib oʻtish boʻlgan. Ammo, shunga qaramasdan, oʻsha davrning tadbirkorlari R.Ouenning islohotlarida sogʻlom fikrni kamroq koʻrganlar, ulardan hech biri uning misoliga ergashmagan, chunki ularda boshqaruvga shoʻbaiqish boʻlmagan.
Robert Ouen

Yüklə 11,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin