Menejmentning rivojlanish tarixi va xozirgi xolati Reja: Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari Menejmentning ilmiy maktablari



Yüklə 55,29 Kb.
səhifə1/7
tarix07.01.2024
ölçüsü55,29 Kb.
#205721
  1   2   3   4   5   6   7
Menejmentning rivojlanish tarixi va xozirgi holati


Menejmentning rivojlanish tarixi va xozirgi xolati
Reja:
1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari
2. Menejmentning ilmiy maktablari
3. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi
4. Menejmentning xorijiy modellari
Xulosalar.


1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari
Boshqaruv odamlar bilan birga paydo bo‘lgan. U mehnatni taqsimlanishi va kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan asoslangan. Bunda ulardan birlari rahbar, ya’ni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularning tobelari, ya’ni boshqariladiganlar bo‘ladilar.
Boshqaruv muammosini birinchi bo‘lib hal qilishga qadimgi misrliklar kirishganlar. 6 mingga yaqin yillar oldin ular odamlar faoliyatini maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil qilish, uni rejalashtirish va natijasini nazorat qilish zarurligini tan olganlar, hamda boshqaruvni markazlash-tirmaslik haqida masalani qo‘yganlar.
Eramizga qadar 20 asrda Misrga qo‘shni Vavilonda podshoh Xammurapi boshqaruv va nazorat qilish zaruriyati uchun sopol jadvallardagi hujjatlar va guvohlik ko‘rsatmalarini qo‘llagan, amaldor shaxslar tomonidan javobgarlikni o‘z tobelariga o‘tkazishga yo‘l ko‘ymaslikni tan olgan, ish haqi darajasini qonunan belgilagan.
Eramizga qadar uchinchi ming yilliklar bilan sanalangan sopol jadvalchalarga tijorat bitimlari haqidagi ma’lumotlar va qadimgi SHumeriya qonunlari yozilgan, bu ham u erda boshqaruv amaliyoti mavjudligidan darak beradi.
Boshqaruvga antik davrda ham ma’lum ulush qo‘shilgan, bizning eramizdan 400 yil avval Suqrot boshqaruvning universalligi tamoyili shakllantirgan. Uning zamondoshi Eron shohi Kir odamlarni harakat qi-lishga undashnini, ya’ni motivatsiyani maxsus tadqiqot qilish zarurligi haqidagi g‘oyani ilgari surgan. U yana boshqaruv axborotlarini ishlab chiqish va rejalar tuzish muammosini ham ko‘rib chiqqan. Biroz keyinroq Gretsiyada mehnat operatsiyalarini bajarish va ularning bir maromdaligini ta’minlash usullari bilan shug‘ullanganlar. Platon ixtisoslashish tamoyilini shakllantirgan.
Eramizdan avvalgi 325 yilda Iskandar Zulqaynayn birinchi marta jangovar harakatlarni boshqarish markazi sifatida shtabni tashkil qilgan.

Menejmentni paydo bo‘lishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bog‘liq:



  • Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarni o‘sishi, mulk egasi va tadbirkorni boshqaruvning o‘sib borishga qiyinchiliklarini bartaraf qilishga qodir emasligi;

  • Bozor sub’ektlarining katta miqdorini vujudga kelishi, hajmini o‘sishi va bozor aloqalarini kuchayishi;

  • Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni o‘sishi va bozor iqtisodiyotining barqarorligi;

  • Yirik korporatsiyalarni paydo bo‘lishi va shunga ko‘ra faqat xodimlarning maxsus apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligini ko‘payishi,. Xuddi korporatsiyada menejment mulk egasi- tadbirkorning o‘zini o‘zi boshqarishidan butunlay ajraladi;

  • Mulkni aksiyadorlar o‘rtasida jamlanishi, buning natijasida aksiyadorlik sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari paydo bo‘ladi;

  • Tadbirkorlarni sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan foydalanishga harakat qilishlari;

  • Ijodiy, sho‘bha qiluvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish usullarini yaratish istagi.




Yüklə 55,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin