O‘rganilayotgan ob’ektning xarakteri bo‘yicha
eksperimentlar
iqtisodiy,
sotsiologik, boshqaruv, huquqiy
va hokazo eksperimentlarga bo‘linadi.
Eksperimentlarning boshqa tasniflari ham mavjud.
“Eksperiment” va “yangilik kiritish” tushunchalarini aynan bir xil deb qabul
qilish maqsadga muvofiq emas. Ushbu tushunchalar o‘rtasida ko‘p umumiylik,
biroq farqlar ham mavjud.
Birinchidan, ular turli vazifalarga ega va ularning natijalari mustaqil ravishda,
bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda baholanishi kerak. Eksperiment yangilik
bo‘yicha xulosani ta’minlashi kerak. Yangilik kiritishning maqsadi esa biror-bir
yangilikni kiritish va tarqatishdan iborat. Eksperimentning muvaffaqiyati yangilik
kiritishning muvaffaqiyatsizligini anglatishi mumkin.
Ikkinchidan, eksperimental yangilik kiritishdan uni ko‘paytirishga o‘tishda
umumiy samaraning o‘sib borishida bir martalik samaralarning zaiflashishi
ko‘rinib qoladi.
Uchinchidan,
eksperiment
doirasida
chaqirilayotgan
o‘zgarishlarning
prinsipial qaytariluvchanligi ta’minlangan bo‘lishi zarur.
Vaziyatli yondashuvda tadqiqotlar mumkin va zarurdir.
34
Tadqiqotlar vaziyatni tavsiflash uchun kerakli materialni to‘plash va undan
foydalanish uchun, shuningdek vaziyatni tahlil qilish natijalari bo‘yicha
qo‘shimcha tadqiqotlar uchun, zaruratga qarab esa ishning istalgan bosqichida,
masalan, muallif tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar kabi o‘tkazilishi
mumkin.
Eksperiment –
bu narsalar va hodisalarni, ularning sun’iy, lekin haqiqatga
yaqin namoyon bo‘lish sharoitlarini yaratish orqali o‘rganishdir.
Eksperiment usuli
qator bosqichlardan tashkil topgan.
Birinchi bosqich –
nazariy. Ushbu bosqichda tadqiqot muammosi shakllanadi,
ob’ekt va predmet, eksperimental vazifalar va tadqiqot gipotezalari aniqlanadi.
Predmetni aniqlashda tadqiqotning maqsadi va vazifalarini, tadqiqot ob’ektining
asosiy tavsiflarini, tadqiqotning moddiy va vaqt imkoniyatlarini, masalaning
nazariy ishlab chiqilganlik darajasini hisobga olish zarur.
Ikkinchi bosqich –
eksperimentni o‘tkazish dasturini, ya’ni unda
eksperimentning barcha – vazifaning qo‘yilishidan to uni amaliy bajarilishigacha
bo‘lgan tadbirlari ishlab chiqilgan hujjatni ishlab chiqish. Dasturning eng muhim
unsurlari bo‘lib tadqiqot metodikasini ishlab chiqish va eksperimental vaziyatni
yaratish rejasini tuzish hisoblanadi.
Dasturda, ushbu eksperimentni o‘tkazish aynan qaysi boshqaruv yangiligini
kiritish bilan bog‘langanligi– yangilik kiritishning maqsadga muvofiqligi va
imkoniyatlari, uning ijobiy va salbiy oqibatlari to‘g‘risidagi gipotezalarning va
hokazolarning asosnomalari yaqqol ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur. So‘ngra
eksperimental va nazorat ob’ektlarini, ularning basavlatligi, o‘ziga xosliklari va
o‘zaro qiyoslana olishligi ko‘rsatilgan holda aniqlash zarur. Albatta
eksperimentning barcha mas’ul tashkilotchilari aniq ko‘rsatilgan va ular orasida
vazifalar taqsimlangan bo‘lishi zarur.
Uchinchi bosqich
– eksperiment dasturini amalga oshirish. Ushbu
bosqichning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, eksperimental vaziyatni yaratish, bevosita
eksperimentni o‘tkazish hisoblanadi. Eksperimental vaziyat o‘z tuzilishiga ko‘ra:
35
eksperiment sharoitlari, verbal va predmetli qo‘zg‘atuvchi omillar, faoliyatni
tartibga solish yo‘riqnomasi, eksperimentchilarning mavjudligi, eksperiment
qilinayotganlarning reaksiyalari bilan tavsiflanadi. SHu bosqichning o‘ziga mazkur
eksperiment ssenariysini (o‘tkazish muddatlari, asosiy tadbirlar tartibi, yakunlash
tadbirlari va h.k.) ishlab chiqish, vaqti-vaqti bilan eksperimental va nazorat
ob’ektlaridagi muhim jarayonlarning boshlang‘ich, oraliq va yakuniy holatlarini
baholab borish kiradi.
To‘rtinchi bosqich –
natijalarni tahlil qilish va baholash. Olingan natijalar,
ko‘zda tutilayotgan maqsadga erishilganmi, tadqiqot gipotezasi tasdiqlanganmi
yo‘qmi, shuni ko‘rsatadi. Biroq, eksperimentning asosiy natijalari bilan birga,
keyingi tadqiqotlarda foydalanish mumkin bo‘lgan bir qator muhim va qiziqarli
natijalarni ham olish mumkinligini hisobga olish zarur. Ushbu bosqich sinovdan
o‘tkazilayotgan yangilikning keyingi taqdiri: dastlabki yangilik loyihasini
o‘zgartirish, qo‘llash ko‘lami, kutilayotgan samara bo‘yicha xulosalar va
tavsiyalarga ega bo‘lishi zarur.
Ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi, ayniqsa xalq xo‘jaligini boshqarishdagi
zamonaviy amaliyot bugungi kundagi eng dolzarb vazifa – eksperimentni o‘tkazish
jarayonida to‘g‘ri natijalarni olish yo‘llarini ishlab chiqish ekanligini ko‘rsatadi.
To‘g‘ri natijalarni olish ko‘p jihatdan eksperimentni “toza” qo‘yilishiga
bog‘liqdir. Eksperimentni o‘tkazish, tajriba ob’ektini muhitning ta’siridan tanish
chegaralashni, xususan, korxona (tashkilot)ni ta’minlash yoki moliyalashda sun’iy
imtiyozlarni olib tashlashni, shuningdek nazorat ob’ektlarini sinchiklab tanlab
olishni talab qiladi. Ular, masalan, uch turda o‘tkazilishi mumkin: 1) tajriba
o‘tkazilayotgan korxona bilan bir turdagi korxona (tarmoq, mahsulot, mintaqa,
hajmi bo‘yicha) yangi ish sharoitlariga, uning iqtisodiy va tashkiliy muhitida hech
qanday yaxshilanishlarsiz o‘tkaziladi; 2) xuddi shunday korxona, unda
sinalayotgan yangilikni joriy etmagan holda imtiyozli eksperiment sharoitlariga
qo‘yiladi; 3) bitta korxonaning o‘zida boshlang‘ich va eksperimentdan keyingi
36
holatlar o‘lchanadi. Barcha holatlarda natijalarni solishtirish eksperiment
samaradorligini baholash imkoniyatini beradi.
Ijtimoiy eksperimentni o‘tkazishda hisobga olinishi kerak bo‘lgan yana bir
umumilmiy talab uni tashkil qilishga taalluqli. Tabiiy fanlarda tadqiqot
apparatining uning ob’ekti va muhitiga ko‘rsatadigan buzg‘unchi ta’siri yaxshi
ma’lum. Ijtimoiy tadqiqotlarda ham shunday samaralar qayd etilgan bo‘lib, bu
“toza natijalarni” olishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador.
Muammo, ijtimoiy tadqiqot nazariyasi va metodikasida odatda, faqat
psixologik to‘siqni engib o‘tishga, buning ustiga asosan kichik guruhlarda engib
o‘tishga bog‘lanar edi. Masalan, eksperiment qatnashchilari u o‘tkazilayotganligini
bilmasligi toza eksperimentni o‘tkazish sharti bo‘lib hisoblanar edi: eksperiment
qatnashchilarining o‘z holatini “o‘ziga xos” deb anglashi nazorat qilib
bo‘lmaydigan, boshqarib bo‘lmaydigan eksperimental o‘zgaruvchiga aylanishi va
natijalarni buzilishiga olib kelishi mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy eksperimentni o‘tkazishda eksperimental vaziyatni yaratish,
ob’ektni uning atrofidagi muhitdan puxta “ajratib qo‘yishni” talab qiladi. Bu
ko‘pincha, sinovdan o‘tkazilayotgan g‘oya namoyish bo‘lish imkoniyatiga ega
bo‘lishi uchun bevosita imtiyozlarni taqdim etishni anglatadi. Albatta, buning
ketidan korxona faoliyati asosiy ko‘rsatkichlarining qo‘shimcha o‘sishi ro‘y
beradi. Lekin, bu, eksperiment yakunlanganda eksperiment metodikasiga tegishli
tobe nazorat qilinuvchi o‘zgaruvchini kiritish orqali haqiqiy natijani imtiyozlar
ta’sirida kelib chiqqan natijadan ajratish zaruratini ham anglatadi. U masalan,
eksperimental ob’ektning reaktivligi (tashqi ta’sirga javob berish qobiliyati) deb
belgilanishi va ikkita parametr:
psixologik reaksiya
va
ikkinchi darajali
qo‘shimcha o‘sish
bo‘yicha o‘lchanishi mumkin. SHunda natijani “tozalash” avval
boshidanoq dasturlashtirilgan bo‘ladi.
Intuitiv qidiruv tadqiqotda tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda.
Dostları ilə paylaş: |