9
Tashkilotni rivojlantirish jarayonida boshqaruv murakkablashib boradi.
Boshqaruvni takomillashtirishda ushbu holatni hisobga olish tashkilotning
rivojlanishini
jadallashtiradi.
Boshqaruvning
nomukammalligi
uning
rivojlanishini
sekinlashtiradi
va
tashkilotda
inqiroz
vujudga
kelishi
(integratsiyaning yo‘qolishi, ijtimoiy-psixologik
iqlimning yomonlashishi,
tashkiliy ishlarga ko‘milib ketish, byurokratlashuv va boshqalar) uchun shart-
sharoitlar yaratishi mumkin.
Turli faoliyat sohalarida kasbiy bilimdonlikning rivojlanishi tadqiqotni
uning amaliy samaradorligining qonuniy va tabiiy
unsuri sifatida tushunishga
etaklaydi. Bu holatda tadqiqot faqat ilmiy faoliyat va hatto ilmiy yondashuv bilan
bog‘lanmaydi. Bu kasbiy bilimdonlik, ta’lim va san’at omilidir.
Shunga bog‘liq ravishda “tadqiqot” tushunchasining ta’rifini quyidagicha
ifodalash mumkin.
Tadqiqot – bu a) muammo va vaziyatlarni anglash; b)
ularning paydo
bo‘lishini aniqlash; v) xulqi va rivojlanish xususiyatlari,
mazmuni va
qonuniyatlarini ochib berish; g) ushbu muammo va vaziyatlarning to‘plangan
bilimlar tizimidagi o‘rnini o‘rnatish; d) ushbu muammoni hal qilish amaliyotida u
to‘g‘risidagi yangi tasavvurlar yoki bilimlardan foydalanish yo‘llari, vositalari va
imkoniyatlarini topishni o‘z ichiga oladigan inson faoliyat turidir.
Haqiqiy amaliyotda tadqiqotning ushbu belgilari kasbiy bilimdonlikni ham,
faoliyatning aniq maqsadlari va vazifalarini ham tavsiflaydigan o‘zaro ma’lum
bir nisbatda bo‘ladi.
Tadqiqot
–
bu tahlil, loyihalash yoki tekshirishga nisbatan yanada boy
mazmunga ega faoliyat turidir. Muammo yoki vaziyatni tadqiq etish turli
usullarning tahlil yoki loyihalashga qaraganda birmuncha keng to‘plamini
nazarda tutadi. Bunga,
ham kuzatish, ham baholash, ham eksperiment o‘tkazish,
ham tasniflash, ham ko‘rsatkichlarni tuzish hamda boshqa ko‘p narsalar kiradi.
Tadqiqot, shubhasiz, tahlilni o‘z ichiga oladi, biroq bu bilan cheklanib qolmaydi.
Tadqiqot inson ijodiy faoliyatining ancha yuqori darajasini o‘zida ifodalaydi.
10
Tadqiqot
vaziyatni chuqurroq tushunish, muammoni aniqlash, va demak,
uning eng samarali echimini topishga yordam beradi.
Zamonaviy boshqaruv uchun tadqiqot – kasbiy
bilimdonlikning muhim
ko‘rsatkichidir. Zamonaviy menejer tadqiqotchilik faoliyati ko‘nikmalarini
egallab va o‘zlashtirib borishi zarur.
Dostları ilə paylaş: