1.2. Boshqaruv tadqiqotining maqsadlari, vazifalari, ob’ekti va predmeti Tadqiqot maqsadiga ko‘ra samarali qarorlarni ishlab chiqishga va
ko‘zlangan natijaga erishishga mo‘ljallangan amaliy va ilmiy-amaliy (ta’limga
oid) tadqiqotlar hamda istiqbolga, bilimlarni yangilashga, ta’lim darajasini
oshirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar mavjud.
Ilmiy tahlil apparati, ilmiy metodologiyaga qarab tadqiqotlar empirik
xususiyatlarga ega, ya’ni asosan to‘plangan tajribaga va bevosita, eng yaqin
natijaga tayanadigan hamda qonuniy tavsifdagi umumlashtirishlarga asoslangan
ilmiy bo‘lishi mumkin.
Resurslardan foydalanishga qarab kamroq resurstalab va yuqori resurstalab
tadqiqotlar,
vaqt omiliga ko‘ra esa – davomli va qisqa tadqiqotlar ajratiladi.
Axborot ta’minoti mezoni ham muhim sanaladi, unga asosan tadqiqotlarni
faqat ichki axborotlardan foydalanuvchi, hamda keng tashqi axborotlarni jalb
qiluvchi, va shu sababli yanada asoslangan xulosalar chiqarish va yanada
samarali tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini beruvchi nisbatan chuqur
tadqiqotlarga bo‘lish mumkin.
Va nihoyat,
xodimlarning uyushqoqligi va ularni o‘tkazishdagi ishtirok etish darajasi bo‘yicha tadqiqotlar, individual yoki jamoaviy, o‘z-o‘zidan yuz
beradigan yoki uyushgan tadqiqotlarga bo‘linadi. Mustaqil yozilgan vaziyatlarni
tahlil qilishga asoslangan tadqiqotlar, o‘z xususiyatlariga ega bo‘lsada, amaliy
jihatdan yuqorida ko‘rsatilgan turlardan istalgan biriga tegishli bo‘lishi
mumkinki, ularning xususiyatlari aniq tadqiqotlar usullarini tahlil qilishda
batafsil ko‘rib chiqiladi. Boshqaruvni takomillashtirish jarayoni doim
11
tadqiqotning u yoki bu turini tanlashni nazarda tutadi. Bu ko‘proq samara olishga
imkon beradi.
An’anaviy ravishda tashkilot yoki boshqaruv tizimi tadqiqotning