Etiborga molik jixat: Bolajonlar birgalikda jamoa bo`lib ishlashni o`rganishi
32-Mavzu: “Qorbobo va qorqiz”
Ta’limiy markaz: Bolajonlar tafakkurolamini boyitish, bilimini oshirish, “Men” konsepsiyasini rivojlantirish, atrof olam, qish mavsumidagi hodisalarni anglash. Hamma sevhan qorbobo , qorqiz qahramonlari bilan tanishish.
Tarbiyaviy maqsad:Bolalarni bir-biriga do`stona munosabatda bo`lishiga, bir-birlari bilan jamoa bo`lib ishlashiga va do`stlik xissini uyg`otish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Birinchi navbatda bola “Men”ini rivojlantirish va nutqini ravon, tiniq bo`lishi ko`zda tutilgan. Bundan tashqari qorbobo va qorqizga bo`lgan mehr muhabbat tuyg`ularini rivojlantirish.
Kutilyotgan natija:O`rmon hayvonlarini ajrata olish, o`zlariga yoqqan o`brazlarga kirishi va mustaqil fikrlay olishi.
Kerakli jixozlar: Yasalgan daraxtlar, bo`ri, tulki, quyon, ayiq, olmaxon, qorbobo va qorqiz kiyimlari. Savatchada yong`oqlar va rangli sharlar.
Syujetli-rolli o`yinlar va drammalashtirish markazi: Favoliyatning borishi: Tarbiyachi:(bayramona kiyimda): Assalomu alaykum bolajonlar sizlarga qiziqarli ertak aytib beraman: Bir bor ekan, bir yo`q ekan, qadim qadim zamonda katta o`rmon tomonda ……….. musiqa ostida o`rmon daraxtlarini bolajonlar ko`tarib chiqishib, o`rmon shaklini hosil qiladi.
Tarbiyachi: O`rmon juda katta ekan. Unda ko`p hayvonlar, qushlar bo`lgan ekan. Bulardan bo`ri, tulki, quyon, ayiq, olmaxon bo`lgan ekan.
Bolalar: Mana shu ertak qaxramonlari kiyimida saxnadagi o`rmonga musiqalar ostida kirib keladilar. Bu qahramonlardan olmaxonlar savatchada yong`oq olib keladilar.
Tarbiyachi: Bolajonlar sizlarga olmaxonlar yong`oq olib kelibdi. Musiqa ostida olmaxonlar bolajonlarga yong`oqlarni tarqatadilar. Bolalar hursand bo`lishadi. Qolgan bolalar ikki guruhga bo`lindi.