Tarbiyachi: Bolalar yuqoridagi video lavhadan nimalar tasvirlangan ekan?
1-bola: Xalqimizning boy tarixi, tarixiy obidalari, turli xil buyumlar, idishlar, matolar tasvirlangan ekan.
2-Bola: Bu jixozlarning barcha turlari milliy naqshlarimiz bilan bezatilgan ekan.
Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar kelinglar men sizlarga xalqimizning amaliy san’ati va milliy naqshlar haqida ko`proq tushunchalar beraman. Qarang mana bu milliy burchagimizga bugun yana ham ko`proq yangi buyumlar qo`yganman. Ular bilan tanishamiz. Ularda xalqimizning orzu umidlari, istak hohishlari, turmush tarsi aks ettirilgan. Bizning xalqimizning juda qadimdan manaviyatli va marifatli bo`lishgan. Ular o`zlarining kundalik hayotlarida kulolchilik, zardo`zlik, ganchkorlik, naqqoshlik kabi ko`plab hunar turlari bilan shug`ullanishgan. Bu hunarlari bilan ular madrasalarni, shohlarning saroylarini, karvonsaroylarini bezashgan. Ganchkor ustalar binolarni devorlariga, peshtoqlariga bezak bergan bo`lsa, naqqoshlar esa ustunlarni, eshik va derazalarni naqshlar bilan bezagan. Chevar momolar esa turlipalaklar va so`zanalar bilan xona ichini jixozlaganlar. Xalqimizning bu meroslaridan ayrimlari xozirgi kungacha bizgacha ham yetib kelgan. Naqsh milliy san’at turlaridan biri bo`lib, gazlamalarga, yog`ochlarga va chinni idish tovoqlarga bezak sifatida ishlatiladi. Milliy naqshlardan yurtimizning tarixiy obidalarida juda ko`p foydalanilgan. Ular go`zalligi, betakrorligi sababli turli davlatlardan kelgan sayyohlarni jalb qilgan. Naqshlarda milliy hunarmandchilik, o`ymakorlikda ko`p foydalaniladi. Naqshlarda to`g`ri va to`lqinsimon chiziqlardan ham foydalaniladi. Masalan mana bu sochiqlarni chetlari to`lqinsimon, doira va to`g`ri shakllar bilan bezatilgan. Idishlarga esa paxta guli, atlas nushada, mayda gullari bilan bezatish mumkun. Sizlarga ulardan namunalar ko`rsataman.
Tarbiyachi:Bolalar bilasizlarmi qadim zamonda bir usta to`quvchi bo`lgan ekan. Uning yakkayu yolg`iz qizi bor ekan. To`quvchi qiziga hech kiymagan ajoyib bir mato to`qib berishni orzu qilar ekan. To`quvchi ko`p izlanibdi. Bir kuni gulhan yonida o`ylanib o`tirib qolibdi. Shunda to`quvchining diqqatini gulhanning suvdagi aksi tortibdi. Gulhan suvda oyning shulasida juda ham betakror jilovlanar ekan. Shundan ilhomlangan to`quvchi darhol uni matoga aks ettira boshlabdi. Shunday qilib bolajonlar milliy atlas matosi yaratilgan ekan.
Tarbiyachi: Bolajonlar zerikib qolmadingizmi. Kelinglar jismoniy daqiqa o`tkazamiz. Chiq chiq soatim chiq (bolalar yelkalarini o`ng va chapga buradilar).
Sakkiz bo`ldimi qarang (qo`llarini yuqoriga ko`tarib qimirlatishadi).
Sakkizta urdi jarang (qo`ng`iroq harakatini bajaradilar)
O`rnimdan tura qolay (o`tirib, turadilar)
Bog`chamga bora qolay (Yurish harakatini bajaradilar)