Mening jonajon O`zbekistonim


- mavzu: “Ustoz otangdek ulug`” mavzusida suhbat



Yüklə 294,41 Kb.
səhifə10/116
tarix21.12.2023
ölçüsü294,41 Kb.
#188960
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   116
Mening jonajon O`zbekistonim-fayllar.org

9- mavzu: “Ustoz otangdek ulug`” mavzusida suhbat
Faoliyat maqsadi: Ustoz otangdek ulug` iborasiga hamda usta, ustoz, tushunchasiga izoh berish. Bolalardan ustoz-shogird an’analari haqida qisqacha tushuncha hosil qilish va shu mazmundagi rivoyatni o`qib berish.
Kerakli jixozlar: mavzuga oid rasm, rangli qog`ozlar, yelimlar, qaychilar.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar bugun biz siz bilan ustoz, shogird odobi haqida so`zlashamiz. Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug`” degan hikmat bor. Bu hikmatda olam-olam ma’no bor.
Otangiz sizni tarbiyalab voyaga yetkazadi, ustoz esa unib-o`sib kamolotga yetishingiz, ilm ma’rifatli bo`lishingizga ko`maklashadi. Ustoz o`z umrini, aql-idrokini, tajribasini va bilganlarini shogirdlariga o`rgatadi. Shogirdning yutug`idan quvonadi, muvaffaqiyatsizlikka uchrasa g`am-anduh chekadi. Xalqimizning ustozni ulug`lashida hikmat ko`p. axir kishi ota-onasi sababli dunyoga kelsa, ustoz ta’limi tufayli oyoqqa turadi, katta hayotga qadam tashlaydi. Ustoz bebaxo, ulug`, g`amxo`r, mehribon inson. Shuni qayd qilish kerakki, ustozlar ko`pni ko`rib,ko`pni bilgan, bilimda, mehnatda, aql-zakovatda el orasida tanilgan, o`z tajribasi, bilimini boshqalarga, xususan yoshlarga o`rgatadigan kishilardir. Ular barcha davrlarda ham o`zgacha e;zozlangan va so`zlarining ta’siri juda kuchli bo`lgan. Ayrim vaziyatlarda, yoshlar ustozlarga chuqur hurmat va ehtirom bilan qarab, ularni ham o`z ota-onalari qatori izzat-ikrom qilganlar.
Ustoz-shogirdlik munosabatlari, ularning hunar bobida bellashuvlari, o`z ustozidan o`tib ketgan shogirdlari mahoratini tasvirlovchi “Uchar gilam”, “Ustozdan o`tgan shogird”, “Ustozimning nabirasi”, “Ustoz va shogird”, “Ustoz ishini shogird davom ettirar” kabi afsona, rivoyatlar bag`oyat qiziqarlidir. Ana shulardan ham ko`rinib turibdiki, el orasida ustozlargahurmat cheksiz bo`lib, bunga ular o`zlarining bilimdonliklari, bag`rikengliklari, donoliklari, saxovatlari tufayli erishganlar. Ustozlar hurmatini joyiga qo`yish , ular ishonchini oqlab, umrbod munosib izdosh bo`lib qolish har bir shogirdning muqaddas burchidir. Shogirdlarning ham ustozlari oldida o`z odoblari bor. Eng avvalo ulug` ustozlarga shogird bo`lish ular uchun katta baxt. Lekin shogir ustozi oldida shogirdlik odobini saqlash kerak. Bular quyidagilar:
- shogirdning ustoz oldida o`zini kamtar tutishi;
- ustozning barcha topshiriqlarini a’lo darajada bajarish;
- ustozning gaplarini diqqat bilan tinglash;
- tushunmay qolganda uzur so`rab, tushuntirib berishlarini iltimos qilish;
- ustozini hamisha mamnun qilish uchun vazifalaribi sifatli va o`z vaqtida bajarish;
- Hech qachon yolg`on gapirmasligi, ustozning ko`nglini ranjitmasligi kerak.
Siz tarbiyalanayotgan bog`chada ham shogird va ustozlar bormi?
Ular kimlar deb o`ylaysiz?
To`gri bizning ustozimiz – bog`cha opamiz. Bog`cha opamiz bizning ikkinchi onamiz to`g`rimi? Chunki ular mehribonlar. Bizni o`z bolalaridek sevadilar. Bizni aqlli, dono, odobli bola bo`lishimiz uchun o`z yordamlarini ayamaydilar.
Bog`cha opamiz bizga kitoblar o`qib beradilar, ertaklar aytib beradilar, turli xil o`yinlar o`ynatadilar. Kiyinishimizga yuvinishimizga yordamlashadilar. Biz doimo bog`cha opamizni hurmat qilamiz, ularning so`zlarini diqqat bilan tinglaymiz, tushunmay qolganda uzur so`rab, tushuntirib berishlarini iltimos qilishimiz, aytganlarini so`zsiz bajarishimiz kerak. Guruhda bog`cha opamiz yo`qliklarida ham odob qoidalarini buzmasligimiz kerak. Shunda bizdan bog`cha opamiz hursand bo`ladilar.
Bugun suxbatimiz ustozlar haqida ekan, men sizga ustozlar haqida bir masalani aytib beraman.
“Ustozdan o`tmagan shogird – shogird emas” masali.
Tovuq tovusni o`ziga shogird qilib olibdi-da, unga rasm solishni o`rgatibdi. Vaqti-soati kelib, endi o`zing rasm soladigan bo`lib qolding, deya tovusni “Uchirma” qilmoqchi bo`libdi. Oradan bir oz vaqt o`tgach, tovuq shogirdini sinab ko`rmoqchi bo`lib, uyiga mehmonga chaqiribdi. Tovuqning oziq-ovqatlarini xuddi terib qo`ygandek yerga rasmini solib qo`yganini ko`rgan shogird, ustozi qanchalik olin demasin, qornim to`q deb turaveribdi. Ketish oldidan: “Biznikida mehmon bo`lsangiz ustoz!” – debdi. “Sezib qolibdi demak yetilibdi” – deb tovuq ham xursand bo`libdi ich-ichidan. Ertasiga tovuq tovusnikiga kelib, eshik oldida turgan tulkivoyni ko`rib, iziga qaytib keta boshlabdi.

Tovus: “Ustoz, axir bu devorga chizilgan rasm-ku”, - deya ustozni bazo`r yo`ldan qaytarga ekan.
- Balli, ustozingdan o`zibsan, men xursandman, - debdi tovuq kerilib va shodligida qah-qah uribdi. Qissadan hissa shuki “Ustozdan o`tmagan shogird shogird emas”.

Tarbiyachi bolalar bilan masal mazmuni bo`yicha savol-javob qiladi.


Bizning bog`chada ham ustozlar juda ko`p. kelinglar sizlar bilan ustozlar uchun sovg`alar tayyorlaymiz. Yelim, qaychi va rangli qog`ozlardan foydalanib, gullar yasaymiz. Tarbiyachi yordamlashib, mashg`ulotni yakunlaydi.



Yüklə 294,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin