Sexrgar momo: Va alaykum assalom xushvaqt bo`linglar. Sizlarning suhbatingizni eshitib, bu bilimdon bolalar yana nimalarni bilar ekan deya kelaverdim.
Tarbiyachi: -Juda soz, qani davramiz to`riga marhamat qiling buvijon. Biz sizga go`zal va navqiron viloyatimiz Andijon haqida gapirib beramiz.
Qani Nigoraxon Andijon haqida she’r aytib bering.
Tarbiyachi:Barakalla Nigoraxon
Aziz bolajonlar tobora gullab yashnayotgan go`zal Andijonimizga hech qachon ko`z tegmasin. Buyuk sarkarda, shoh va shoir bobomiz bir umr ko`rmoq ilinjida yashagan Boburning yurtidir bu. Bu zaminda buyuk, insonlar, olimlar-u, hofizlar, shoirlar, qo`yingki buyuk Vatanimizni dunyoga bo`y cho`zilishiga hissa qo`shgan olim-u fuzalolar yetishib chiqqan viloyat hisoblanadi. Biz ularning davomchisi sifatida ularning boy madaniyati, san’at va ular qoldirib ketgan ma’naviy boyliklarini avaylab asrashimiz kerak.
Muhtaram Prezidentimiz 2018-yil 19-20 may kunlari viloyatimizga qilgan tashrifi davomida ular Andijon haqida shunday fikrlarini bildirgan edilar.
- Andijonning o`zini o`rni bor, bizning davlatimizda Andijonning o`zini yo`nalishi bir, bizning davlatimizda. Mening eng katta maqsadim Andijon har safargidek yuqori va birinchi o`rinlarda bo`lishi kerak , hamma soha bo`yicha.
- Andijonliklar bunga javoban o`z mehnati, bilimi salohiyati, intilishi bilan “labbay” deb javob beradilar.
Sexrgar momo:- Barakalla qizim, bu suhbatdan so`ng mening sizlarga yana havasim ortdi. Viloyatingizda bundanda yuksaklarga ko`tarilishiga ishonaman.
Tarbiyachi: - Onamdek ardoqli, azizsan Vatan
Sen menga qadrdon tug`ilgan makon
Men seni avaylab asrayman har chog`
Vijdonimdek toza, tushirmasman dog`
Bolalar charchab qolmadinglarmi. Bo`lmasam biz sizlar bilan jismoniy daqiqa qilib olamiz.
Tarbiyachi: Oyog`imiz taq-taq-taq
Qo`limiz chapak-chapak
Boshimiz sarak-sarak
Qo`limizni ko`tardik
Sekin yonga uzatdik
Endi ehtiyot bo`lib
Joyimizda aylandik
Qo`lni pastka tushurdik
Doira bo`ylab yugurdik
Joyimizga o`tirdik
Bolajonlar, mana charchoqlarimizni ham oldik. Qani endi suhbatimizni yana davom ettirsak. Kim menga Vatan mavzusida maqollar aytib beradi.