Mening jonajon O`zbekistonim



Yüklə 294,41 Kb.
səhifə60/116
tarix21.12.2023
ölçüsü294,41 Kb.
#188960
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   116
Mening jonajon O`zbekistonim-fayllar.org

Mavzuga oid she’rlar.
O`zbekona g`ururi baland,
Temuriylar nasliga monand.
Xalqi bilan yuragi payvand
Fidoyilar kerak Vatanga!

Vatanim, deb o`zin unutgan,


Yov kelganda ko`ksini tutgan.
Farzand bo`lib jonini tikkan
Fidoyilar kerak Vatanga.

Tarbiyachi:
“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” mavzusi yuzasidan suhbatlashamiz.

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti kim?


(O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev, O`zbek Armiyamizning Bosh Qo`mondoni)

2. Milliy armiyamizda kimlar xizmat qiladi?


(Milliy armiyamizda mard va jasur askarlar xizmat qiladi).
3. Milliy armiyamizni qanday texnika va qurollari bor?
(Baquvvat qurollar, raketa, samalyot, tank, pulemyotlari bor)

Jismoniy daqiqa

Tarbiyachi:
- Bolalar, faraz qiling, siz askarlarsiz, o`quv mashqidasiz. Sanama aytib ikki guruhga bo`lining. Bolalar, predmetlar orasidan ilon izi bo`lib harakatlaning. Marraga kim birinchi bo`lib yetib boorish. Ikkinchi shartimiz – ikkala guruh arqon tortish. Qaysi guruh kuchli ekanligini bilib olamiz.
Bolalar san’at markaziga o`tib, “Bizning jonajon armiya” mavzusida rasm chizishadi. Faoliyat markazida bolalar loydan va aplikatsiya usulida foydalanish mumkun.
- Kelinglar bolalar Vatanimiz himoyachilarini tasvirlab mustaqil rasm chizamiz.
Syujetli rolli o`yin “Chegarachi”
Tarbiyachi: Faol ishtirok etgan bolalarni rag`batlantirib faoliyat yakunlanadi.

38-Mavzu: Men va mening tanam

Maqsad: Bolalar inson tanasi turli xil shaklda hujayralardan tashkil topganligi haqida tushunchaga ega bo`ldi. Inson hayotida sog`lom ovqatlanishni ahamiyatihaqida tushunchaga ega bo`ladi, sezgi a’zolari tuzilishini ahamiyatini biladi. Bolalar o`z sog`ligi haqida qayg`urish xissini o`rganadilar.
Syujetli – rolli o`yinlar va drammalashtirish markazi.
“Oilaviy shifoxona”
Tabiat markazi: “Sezgi organlari”
Ijodiy markaz: “Quvnoq masxaraboz” aplikatsiyasi
Resurslar: Konstruktor, mozaikalar, qutilar, syujetli o`yinlarjamlanmasi. Mavzuga oid predmetli rasmlar va ilyutratsiyalar, loto, pazllar, rangli qog`ozlar, kley, qaychi, qog`oz.

Yüklə 294,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin