Sexrgar kampir: Albatta yordam beraman. Ko`zlarimizni yumamiz 1.2.3 deganda ko`zlarimizni ochamiz.
Bolalar ko`zlarini ochib o`z zamonasiga qaytganiga hursand bolib ketishdi.
Tarbiyachi: Bolajonlar mana o`z zamonamizga qaytdik. Biz zamonamizdan olloxga shukronalar aytib yashaymiz. Mana bog`chamiz ham yorug` chiroqlar, kompyuterlar yetarli.
Bolalar joylaringizga o`tirib oling stolni ustida plastilindan foydalanib ko`rganlarimizni, eshitganlarimizdan ixtiyoriy telvizor, kompyuter, elektr chiroqlarini yasaymiz. Qani bolajonlar birgalikda yasashni boshlaymiz.
Men sizlarga she’r aytib beraman. Lampochkalarga qarang
Tovlanadi rang-barang
Yerdagi gullar go`yo
Tunda sochilar ziyo
Bolalar she’r nima haqida ekan, Ha juda to`g`ri lampochka haqida. Bolalar ishlarini kuzatib chiroyli yasagan narsalarni bolalar o`zlari izoxlab beradi. Qiynalgan bolalarga yordam berishdi. Sifatli va chiroyli yasagan bolalarni rag`batlantirish.
Qani bolajonlar sizlar bilan tun va kun o`yinini o`ynaymiz. Faoliyatyoqdimi juda yaxshi o`yinni sayr davomida takrorlaymiz.
44-Mavzu:O`tgan zamonga sayoxat. Tarixiy muzeyga sayoxat haqida (Pilisos)
Maqsad: Bolalarga o`tgan zamonga sayoxat davomida milliy urf odatlar va qadryatlar haqida umumiy bilim malakasini mustaxkamlash ajdodlarimizning yashash tarsi ularni foydalangan buyumlari haqida o`z zamonasining urf odatlari, maishiy buyumlari haqida umumiy ma’lumot berish.
Bolalarni aqliy qobilyatlarini o`stirish tevarak atrofdagi buyumlar voqeyalarni zamon o`zgarishlari texnikalar rivojlangan davrda yangi maishiy buyumlardan pilisos bilan tanishtirish.
Bolalarga rasm chizish orqali o`z tasavvurini boyitish ranglarda foydalana olishga o`rgatish. Mustaqilijodiy fikrlash qobilyatini tasviriy faoliyat jarayonida ishining rejalash oxirigacha yetkazib harakat qilish malakasini rivojlantirish topshiriqlari orqali mantiqiy fikrlashni takomillashtirish.
Berilgan vazifalar aniq va ravon chiroyli chiza olishga o`rgatib borish.