Mening jonajon O`zbekistonim



Yüklə 294,41 Kb.
səhifə79/116
tarix21.12.2023
ölçüsü294,41 Kb.
#188960
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   116
Mening jonajon O`zbekistonim-fayllar.org

E’tiborga molik jixat: Tarbiyachi bilan bilan birga qisqa hikoya tuzishga o`rganadilar.
Kerakli jixoz va materiallar: O`yinchoqlar, yuk mashinasi, oq va qora ayiqchalar, echki, turli kattalikdagiarchalar, qo`g`irchoqlar (o`g`il bola va qiz bola).
Faoliyatning borishi:
Bugun sizlar bilan o`yinchoq va uning ixtirochilari haqida gapirib o`tamiz. O`yinchoqlar qadim zamonlarda Xamri buva tomonidan yaratilgan o`yinchoqlar bo`lgan. Hozirgi ma’lumotlarga qaraganda yer yuzidagi eng ko`p tayyorlanadigan o`yinchoqlar Xitoyning zimmasiga to`g`ri keldi. Yanada aniqroq aytadigan bo`lsak, million turdagi o`yinchoqlarni tayyorlash uchun qancha ishchi kuchi kerak eklanligini tasavvur eta olamiz?

Balki bu cheksiz ishlab chiqarilish jarayonida qandaydir texnologiya yoki robotlar ishtirok etadi, deb o`ylashingiz mumkun. Ammo bunday emas. O`yinchoqlarning barini odamlar qiladi. Ularning hammasini qo`l mehnatida bajariladi.


Tarbiyachi xonaga o`yinchoqlar solingan yuk mashinasini olib kiradi (ayiqcha, echki, qo`g`irchoqlar, archalar solingan).
Qaranglar, mashinada qanday o`yinchoqlar olib kelibman?

Bolalar javobi: To`g`ri, ayiqchalarni, echkini va archalarni olib keldim. Siz bu o`yinchoqlarni o`ynashni yaxshi ko`rasizmi? Bular nima? To`g`ri ayiqchalar. Bitta archa qanday rangda (oq). Boshqa archa qanday rangda? (qora). Ayiqchalar qanday qichqiradi? (eeee). Said, oq ayiqcha qanday qichqiradi? Ko`rsat-chi? (Tarbiyachi o`yinchoqni bolaning qo`liga beradi). Qora ayiqcha qanday qichqiradi? Mana bular nima? (Archalar). Qaranglar-chi hamma archalar bir xilmi? Mana bu archalar baland, bular-chi, qanday? To`g`ri, ular past, keyin tarbiyachi ikki bolani chaqiradi va bittasiga stul ustiga baland archalarni, ikkinchisiga past archalarni qo`yishini buyuradi.
So`ngra tarbiyachi o`g`il va qiz qo`g`irchoqlarni oladi va “Qizning ismi E’tibor”, deydi. Qizning ismi nima ekan? (umumiy va yakka-yakka javoblar). Bolaning ismi Erkin. Uning ismi nima ekan? (umumiy va yakka-yakka javoblar).
Qaranglar-chi, mashinada qanday o`yinchoq kelibdi? (echki). Echki qanday maraydi? (mee). Keyin tarbiyachi bolalarning uylarida qanday o`yinchoqlari borligini so`raydi. Kam faol bolalarni faollashtirish uchun ularga savollar bilan murojat qiladi. Doniyer, sen qaysi o`yinchoqlar bilan o`ynashni yaxshi ko`rasan? Lola, sening o`yinchog`ing qaysi? O`yinchoqlar nima uchun kerak? va x.k

Tarbiyachi bolalarga o`ynashni taklif qiladi: Sizlar hammangiz ayiqchalar bo`lasiz, men ona ayiq bo`laman. Mana, ayiqchalar inlaridan chiqib, sayr qilishga ketdilar. Ular o`rmonda yuradilar va “eee” deb qichqiradilar. (bolalar xona bo`ylab yuradilar va “e” tavushini talaffuz qiladilar). Tarbiyachi “Ayiqchalar sayr qilib bo`ladilar va inlariga ona ayiq oldiga keladilar” – deydi. Bolalar o`z joylariga o`tiradilar. Kelinglar, bolalar ayiqcha, echki, E’tibor, Rkin bilan qanday voqealar yuz berganligi haqida hikoya tuzamiz.


Tarbiyachi stol ustiga archa qo`yadi va hikoyani boshlaydi. Kunlardan bir kuch echki o`rmonga sayr qilib yurgan edi. Oldidan ayiqcha chiqib, echkiga “e-e-e” deb qichqirdi.
Ayiqcha qanday qichqirdi? Echki qo`rqib ketib “me-me-me” deb qichqirdi. Echki qanday qichqirdi? Shu vaqt Erkin, E’tibor degan bolalar o`rmonda yurishgan eka. Ular echkining ovozini eshtib yugurib kelishdi va echkini ovitishdi. Hamma hursand bo`ldi.
Kim hikoyani qaytaradi? Erkin, E’tibor so`zlarida “e” tovushi bormi? Kelinglar, Erkin, E’tibor degan so`zlarni qaytaramiz.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:


1. Oq ayiqcha haqida kim gapiradi?
2. Qora ayiqcha haqida kim gapiradi?
3. Past archani ko`rsating?
4. Baland archani ko`rsating?
5. Qo`g`irchoqlarning ismi nima ekan?
6. Qo`g`irchoqlar haqida kim gapiradi?
Bolalar san’at markaziga o`tib “mening sevimli o`yinchog`im” mavzusida loy ishi, aplikatsiya va rasm chizishadi.
Bola bilimini aniqlovchi savollar bola javoblarini taxlil qilish va rag`batlantirish.


Yüklə 294,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin