Avgustinus Sanktus: Dunyo kitobdir sayoxat qilmaganlar uning bir saxifasini o`qigan holos.
Alisher Navoiy: Dunyo dorul xavodisdur va anga ko`ngil bog`lamoqqa g`aflat boisdir.
Tarbiyachi: Bolajonlar bilib oldingizmi buyuk allomalarimiz ham dunyoda hamisha tinchlik bo`lishini hohlaganlar, va yuqorida aytib o`tgan fikrlarini bildirganlar.
Shundan so`ng tarbiyachi yana bir karra O`zbekiston Respublikasi mustaqillik bayramini tinchlik osoyishtalik kabi tushunchalari mazmunini yoritib beradi.
Tarbiyachi bolalarga quyidagi savollar bilan murojat qiladi.
1. Vatan deganda nimani tushunasiz?
2. Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?
3. Tinchlik nima?
4. Biz qanday yurtda yashaymiz?
Bolalar tarbiyachining savollariga javoban. Bilgan tushungan fikrlarini aytib beradilar.
Faoliyat yakunida ular bilan birgalikda bajarilgan ishlar taxlili qilinadi, va faol ishtirok etgan bolalar rag`batlantiriladi.
55-Mavzu:Koinot sirlari
Maqsad: Bolalarni koinothaqidagi tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish. Quyosh sistemasi haqidagi bilimlarini videorolik orqali mustahkamlash, she’r topishmoq, hikoyalar orqali bolalarda mashg`ulotga qiziqish uyg`otish.
E’tiborga molik jixat: Bolalar koinot olami haqida tushunchaga ega bo`ladilar.
Kerakli jixozlar va materiallar: Quyosh, oy, yulduz va turli koinot jismlari surati, koinot haqidagi video lavha.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: bolalar doira bo`lib turib oladilar. Endi bolalar kichkina mashq qilib olamiz.
Mening quloqlarim hamma narsani eshtadi.
Bolalar: quloqlarini silaydilar
Ko`zlarim ham yaxshi ko`radi
Bolalar: Ko`zlarini silaydilar
Quyosh taftini his qilamiz
Bolalar: nafas chiqaradilar
Barakalla bolalar endi ko`ra olamiz, eshtamiz, savollarga to`g`ri javob berish va hikoya qilib berishga tayyorsiz.
Guruhga ayiqcha hafa holda kirib keladi.