Mening jonajon O`zbekistonim


Kerakli jixozlar va materiallar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/126
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207009
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Kerakli jixozlar va materiallar: 
“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” mavzusidagi 
rasmlar. 
Faoliyatdagi markazlar: 
nutq va ta’til, qurish va yasash, san’at markazi 
Faoliyatning borishi:
 
Tarbiyachi:
- Bolalar, mustaqil Davlat bo`lganimizdan so`ng, o`z ramzlarimizga, o`z tilimiz, o`z 
armiyamizga, o`z Prezidentimizga ega bo`ldik. Bugun biz sizlar bilan 14-yanvar – Vatan 
himoyachilari kuni haqida suhbatlashamiz. Bizning milliy armiyamiz 1993-yilning 14-yanvar 
kuni tashkil topgan. Armiyamizda oddiy askardan boshlab bosh qo`mondongacha xizmat 
qiladilar. Bizning bosh qo`mondonimiz Sh.M. Mirziyoyev. Askar yigit kim? Askar yigit 
Vatanimizni dushmanlardan qo`riqlaydi. Ular yurtimiz tinchligi uchun kecha- kunduz sergak 
turadilar. Askarlarning o`z liboslari bor. Bu liboslar o`zlariga yarashib turadi. Milliy 
armiyamiz mard askarlari baquvvat qurollari, raketa, pulemyot, tank, samalyotlari bor. Ular 
Vatan tinchligi uchun xizmat qiladilar. Milli armiyamizni rivojlantirishda buyuk sarkarda 
Amir Temurning “Temur tuzuklari” asaridan foydalanilgan. Ushbu asarda bobomiz armiyani 
qanday shakllantirish qonun- qoidalari haqida yozib qoldirgan. Amir Temur bobomizning 
o`gitlaridan foydalanib, Z.M.Bobur yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun xizmat qilgan. Shu 
jumladan, Jaloliddin Manguberdi ham o`z Vataniga sodiq bo`lib, jasorat ko`rsatgan.
- Barcha o`g`il bolalar bizning “Temurbeklar to`garagi” qasamyodini yod olishgan va bu 
qasamyodiga sodiq qolishadi.
Men “Temurbeklar to`garagi”ga qabul qilinar ekanman, o`z ona yurtimni sevish, 
ardoqlash, uni qo`riqlash
 
uchun mard, jasur, ziyrak va qo`rmas o`g`lon bo`lishga tantanali 
VA`DA BERAMAN! O`bekiston Respublikasiga xizmat qilaman.
Mavzuga oid she’rlar. 
 
O`zbekona g`ururi baland, 
Temuriylar nasliga monand. 
Xalqi bilan yuragi payvand 
Fidoyilar kerak Vatanga!
Vatanim, deb o`zin unutgan, 
Yov kelganda ko`ksini tutgan. 
Farzand bo`lib jonini tikkan
Fidoyilar kerak Vatanga.
Tarbiyachi: 
“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” mavzusi yuzasidan suhbatlashamiz. 
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti kim? 
(O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev, O`zbek Armiyamizning Bosh 
Qo`mondoni) 
2. Milliy armiyamizda kimlar xizmat qiladi? 
(Milliy armiyamizda mard va jasur askarlar xizmat qiladi). 


54 
3. Milliy armiyamizni qanday texnika va qurollari bor? 
(Baquvvat qurollar, raketa, samalyot, tank, pulemyotlari bor) 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin