Etiborga molik jixat: Bolajonlar o`zlariga ro`llar olib jamoa bo`lib ishlay oladilar.
33-Mavzu: To`kiladigan maxsulotlarni hajmini o`lchash
Maqsad: To`kiladigan maxsulotlar haqida tushunchaga ega bo`ladi, to`kiladigan narsalarni hajmini biladi, to`kiladigan narsalarning hajmini o`lchay oladi, o`lchov asboblarini bilib oladi, o`lchash usullarini o`rganadi, tabiat narsa va predmetlarga o`z munosabatini bildiradi.
Kerakli jixozlar va materiallar: Shakar yorma maxsulotlari, tarqatmalar, rasmlar, shartli o`lchovlar
Fan va tabiat markazi: Faoliyatning borishi:
1. To`kiladigan maxsulotlar haqida tushunchaga ega bo`lish
2. To`kiladigan maxsulotlarni hajmini o`lchash
3. O`lchash usullari va asboblarni o`rganish
4. Rasmlar va tarqatmalar bilan ishlash
5. Rasmlar va tarqatmalarni ketma-ketlikda qo`yish
6. Bolalarni rag`batlantirish
Qo`shimcha qism: Og`irlikni o`lchaydigan va tarozi haqida malumotga ega bo`lish. Bolalarda faoliyat jarayonida sezgi, idrok, tafakkur faollashadi va kuzatish va xulosa qilishni o`rganish
Dostları ilə paylaş: |