Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja



Yüklə 52,71 Kb.
səhifə1/13
tarix19.10.2023
ölçüsü52,71 Kb.
#157431
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja-fayllar.org


Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja

Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati

Reja:


  1. Merkantilizm g’oyasini vujudga kelishining iqtisodiy-ijtimoiy asoslari


  2. Merkantilizmni iqtisodiy mazmuni


  3. Merkantilizmning tarixiy taqdiri


  4. Merkantilizm va hozirgi zamon. Uning zamonaviy tahlillari.


  5. Merkantilizmning tarixiy ahamiyati


1600-yildan 1750-yilga qadar 150 yil iqtisodiy faoliyatning yuksalish davri sifatida xarakterlanadi. Feodalizm, o’ziga xos iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, xususiy mulk hususiyatlari bilan savdo, shahar tashqarisidagi yer mulk va mamlakatlarning mustaqil davlat bo’lib yuksalishiga yo’l ochib bermoqda edi. Feodal jamiyatning an’ana va urf-odatlari hamda cherkov ma’muriyati kishilar faoliyatini cheklamas edi. Bozor uchun ishlab chiqariladigan tovarlar tobora muhim ahamiyat kasb eta boshladi, bozorlarda joy, mehnat, kapital sotib olindi va sotila boshladi. Bu holat sanoat inqilobining kelib chiqishiga asos bo’ldi.

Bu davrda iqtisodiy mulohazalar individual, ro’zg’or, oila va ishlab chiqaruvchilar haqidagi g’oyalarning oddiy izoxlaridan iqtisodiy qonun va huquqlari bilan o’zaro bog’langan tizim shaklida murakkabroq qarashlar asosida rivojlana bordi. Biz o’z mulohazalarimizni merkantilizm ta’limoti asosida ko’rib chiqamiz.

Merkantalizm (italyancha «savdogar») – bu muomila sohasida iqtisodiy qonuniyatlarning rivojlanishiga bo’lgan qarashlar tizimi va protektionizm printsiplariga asoslangan bir qator davlatlarning iqtisodiy siyosati, u feodalizmning yemirilish davriga muvofiq keladi va «noindustrial» iqtisodiy davrdagi iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga uringan ta’limot hisoblanadi.

Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan.Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdir. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab quvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar.

Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarashi tamoyillari quyidagilar bilan tasvirlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish;arzon xom ashyoni import qilish yo’li bilan sanoatni rag’batlantirish; import qilinadigan sanoat tovarlariga protektionistik tariflarni belgilash; eksportni, ayniqsa, tayyor mahsulotlar eksportini rag’batlantirish; ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o’sishi.Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubxasiz, merkantilizmning asosi hisoblanadi.


Yüklə 52,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin