Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja


Xorijdan manufaktura tovarlarni keltirilishi arzon xom-ashyolar importni, ularni tovar eksporti uchun ishlatilishi kabilar himoya majburiyatlari hisoblangan



Yüklə 46,06 Kb.
səhifə5/13
tarix06.06.2023
ölçüsü46,06 Kb.
#126041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja

Xorijdan manufaktura tovarlarni keltirilishi arzon xom-ashyolar importni, ularni tovar eksporti uchun ishlatilishi kabilar himoya majburiyatlari hisoblangan.
Merkantilistlar savdo balansi mohiyati va tabiat o‘rtasidagi nomutanosibliklar haqida fikr yuritishgan. Shunisi aniqki, ko‘pgina merkantilistlar davlat boyligi tovar, iste’mol yoki ishlab chiqarishda emas, balki qimmatbaho metallarga egaligida deb fikr yuritishgan, Qimmatbaho metallarning ishlab chiqarishi savdo balansini o‘rnatadi degan fikrni o‘rtaga tashlaydi.Ularning qarashlariga ko‘ra xalqlar bilan savdoning umumiy balansi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, Angliya va Hindiston savdo balansi bir-biriga mos kelmasligi mumkin, biroq Hindistonda import qilingan arzon xom-ashyolardan Angliyada eksport qilinadigan tovarlar manufakturasi uchun foydalanilishi mumkin. Shunday masalalardan biri qimmatbaho metallar yoki eksport bilan bog‘liq, ilk Merkatilistlar yombilar eksporti qat’iyan taqiqlanishi kerakligini tavsiya qilishgan.Keyinchalik yozuvchilar agar yombi eksport tovarlari uchun xom ashyo sotib olish maqsadida ishlatilsa, u savdo balansi uchun o‘rinli bo‘lishi mumkin degan farazni taklif etishgan.
Shulardan kelib chiqqan holda, keyingi merkantilizm vakillari aktiv savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar:
tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo’li bilan egallash hamda bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni qimmatiga sotish;
mamlakatda faqat aktiv savdo balansini saqlab turgan holda, tovarlar importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyum-laridan tashqari);
qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun oltin va kumushni chetga chiqarish, pirovard natijada mamlakatda ularning massasini ko’paytirish.
Pulning tovarli mohiyatini tan olsada, uning qimmatini keyingi merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidan deb qaradilar. Ammo aynanular metallistik nazariyadan pulning miqdoriy nazariyasiga va monometallizm tizimiga o’tishga sabab bo’lgan. Agar dastlabki merkantilistlar pulning jamg’arish funktsiyasini asosiy deb bilgan bo’lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar – muomala funktsiyasini asosiy hisobladilar. Keyingi merkantilistlarning ishonchiga ko’ra, pulning qimmati uning miqdoriga nisbatan teskari bog’liqlikda, tovarlar bahosi darajasi esa pul miqdoriga to’g’ri mutanosiblikda bo’ladi. Ular, pul taklifining ko’payishi unga bo’lgan talabni oshirgach, savdoni rag’batlantiradi, deb bir tomonlama hisobladilar.
Dastlabki merkantilistlar Yevropaga, ayniqsa Ispaniyaga yangi Dunyodan oqib kelgan yirik miqdordagi qimmatbaho metallar mohiyatiga e’tibor qaratgan.Biroq keyingi merkantilistlar bu qarashlarni inobatga olishmadi va iqtisodiyotda pulning o‘rni haqida tahliliy g‘oyalarini rivojlantira olishdi. Pul miqdori va narxlarning umumiy bosqichi o‘rtasidagi aloqa 1569 - yilda fransuz olimi Jiyn Bodin tomonidan taqdim etilgan. U 16 – asr davomida G’arbiy yevropada narxlarning umumiy bosqichini yuksaltirish uchun 5 ta sabab taklif etdi, asosiy – yangi dunyo kashfiyoti bo‘lgan kumush va oltin miqdorining o‘sishi deb hisoblangan. 1660-1776 yillar davomida bozor iqtisodi boshqaruvi haqidagi tahliliy fikrlar ko‘paydi. Merkantilistlar adabiyotining (markaziy) asosiy hususiyati real faktorlardan ko‘ra pulga oid faktorlar iqtisodiy faoliyat va uning rivojining asosiy belgilari ekaniga ishonishdilar. Ularning ta’kidlashlaricha, mablag‘ adekvatligi tashqi va ichki svdoning o‘sishida zaruriy omildir. Pul miqdorining o‘zgarishi real mahsulot ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlarni boshqaradi, Adam Smit hamda klassik iqtisodchilar o‘rtasidagi munozarada aytilgan fikrlarga ko‘ra iqtisodiy faoliyat bosqichi va o‘sish sur’ati real faktorlar: mehnat miqdori, tabiiy resurslar, kapital, tovar va tashkiliy struktura bilan chambarchas bog‘liq.



Yüklə 46,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin