Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar



Yüklə 91,5 Kb.
səhifə1/5
tarix07.05.2023
ölçüsü91,5 Kb.
#109029
  1   2   3   4   5
1555410152 74138


Ossuriya imperiyasi


Reja:
1. Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar.
2. Qadimgi Osuriya davri (er. av. II ming yillikning I yarmi)
3.O'rta Osuriya davri (er. av. II ming yillikning II yarmi)
4.Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti
Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar.
Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar XIX asr o'rtalarida shimolda: dastlab qadimgi topilmalar bilan qiziqadigan ishqiboz kishilar tomonidan, keyinchalik mutaxassis-arxeologlar amalga oshirdilar. Ikki daryo oralig'idagi birinchi shaharlar qachonlardir Osuriya davlati mayjud bo'lgan shimolda paydo bo'lgan edi. 1842-yil fransuz diplomati E.P.Botta mahalliy afsonalarda Osuriyaning qadimgi poytaxti bilan bog'liq bo'lgan Kunjik tepaligini (Turkiya) qazishdan boshladi. 1846-1847-yilda ingliz diplomati G. A. Leyyard Nimrud tepaligini qazib, qadimiy Osuriyaning Kalxu shahri qoldiqlarini ochdi.
Tepalikdan podsho saroylari, odam-ho'kiz, odam-sher haykallari va badiiy relyeflar topildi. Kunjik tepaligida Leyyard Nineviya xarobalarini, jumladan, podsho Sinaxxerib (er. av. VII asr) saroyi, uning nevarasi Ashshurbanipalning kutubxonasini topdi. Leyyardning xodimi U. Rassam Kunjik tepaligidagi qazishmalarni davom ettirib podsho Ashshurbanipalning va harbiy manzaralar tasvirlangan ajoyib relyeflar bilan bezatilgan saroyi va podshoning boy kutubxonasini ochdi. Nimrud tepaligi yaqinidagi Balavat nomli joyda eramizdan avalgi IX asrga oid yodgorliklar, jumladan, harbiy yurish va xiroj to'lash manzarasi tasvirlangan Balavat darvozalari deb atalgan 4 ta jez taxtani topdi.
Fransuz arxeologi V. Andre 1803—1914-yillarda Osuriyaning qadimiy poytaxti Nineviyada podsho Ashshurbanipalning saroylari, ibodatxonalar qoldiqlarini, jumladan, oliy xudo Ashshur ibodatxonasi, podsho qabrlari, turar joy binolari va ko'chalarini qazib ochdi. XX asrning 50-60-yillarida arxeologlar Nineviya shahri xarobalaridan saroy, xo'jalik inshootlari, ko'pgina hujjatlarni topdilar. Osuriyashunoslikning yuz yillik tarixi davomida siyosiy tarix va davlat qurilishi muammolari o'rganildi.
Bu yo'nalishda Sharq davlatchiligini ideallashtirish, uning mavjudligi, statik holati va abadiyligi tasavur qilinadi. Urushlarning sabablari, u yoki bu xalqning xarakteri va temperamenti, tor siyosiy motivlar bilan izohlanadi. Qadimgi Mesopotamiya madaniyati ham o'rganildi. Madaniyatning yo'nalishlari, kelib chiqishi, mifologiya, adabiy yodgorliklar, san'atning xarakterli xususiyatlari, ilmiy bilimlar to'g'risidagi qator tadqiqotlar mayjud. Tadqiqotlarda ikici daryo oralig'i jamiyatlari ijtimoiy-iqtsodiy munosabatlariga e'tibor berilmadi.
Shu sababli, XX asr boshlarida taniqli nemis osurshunoslari B.Maysner, P.Koshaker va boshqalar qadimgi Mesopotamiya tarixini feodal jamiyati deb baho berdilar. Siklizm nazariyasi bilan bir qatorda tarixiy jarayonning tartibsizligi va uni bilish mumkin emasligi nazariyasi keng tarqalgan. Faqat keyingi yillarda ijtimoiy tabaqalanish, xo'jalikni tashkil qilish, shaharlar, savdo-hunarmandchilikning o'rni, ibodatxonalar xo'jaligi bo'yicha muhim ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar (A. Falkenshteyn, A. L. Oppenxeym, I. Gelba va V. Leman asarlari) paydo bo'ldi. Osurshunoslik markazlari dastlab Angliya va Fransiyada, XX asr boshlaridan Germaniya bo'ldi. Fashistik tuzum sharoitida ko'pgina osurshunos olimlar AQSHga ko'chib ketdilar. Hozir AQSHda mashhur osurshunoslik markazlari fapliyat ko'rsatmoqda. Angliya, Fransiya va Germaniyada ham osurshunoslik maktablari ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqdalar.

Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin