Ish bajaruvchi organlar kesuvchi asbob va ishlanadigan zagotov-kani o'rnatish va mahkamlash uchun xizmat qiladi. Ko'pincha bunday organlar shpindel, support, stol, asboblar kallagi va boshqa ko'rinishlarda bo'ladi.
Boshqarish quriImalari - ishchi yoki stanokni boshqarish siste-masi vositasida ishlov berishning berilgan texnologik siklini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
5. Stanokning tayanch sistemasistanokning korpus elementlari-
dan tashkil topib, ularda ishlov berish mobaynida kesuvchi asbob va
zagotovka orasida paydo bo'ladigan kuchlar uchrashadi. Stanokning
korpus elementlariga stanina, stoykalar, traversalar, oraliq plitalari
hamda kuch kallaklari, tezliklar va surishlar qutilari, orqa babka,
supportlar, stollar, planshaybalar va shunga o'xshash qismlarning
korpuslari kiradi. Ularga qo'yiladigan asosiy talab — stanokning ish
jarayonida o'zlarining geometrik shakllarini o'zgartmay saqlashdir. Bu
talab konstruksiyalarning yuqori darajadagi bikirligi va vibratsiyalarga
chidamliligi, yo'naltiruvchi qismlarining ishqalanishga chidamliligi bilan amalga oshiriladi.