30
Alyuminiy tabiatda eng ko‟p tarqalgan metall bo‟lib, yer qobig‟ining 8,8
foizini tashkil etadi. U juda aktivligi sababli tabiatda sof holda uchramaydi.
Alyuminiy tog‟ jinslaridagi gidratlarda (AlO(OH)), Al(OH)
3
va boshqa birikmalarda
uchraydi.
Yer qobig‟ida taxminan 250 dan ortiq alyuminiy minerallari bo‟lib,
ulardan
sanoatda foydalaniladiganlariga boksitlar, nefelinlar,
apatitlar, alunitlar va kaolinlar
kiradi.
Alyuminiy rudalarining
yirik konlari Uralda, Sibirda, Kola yarim orolida,
Sankt-Peterburgda, Boshqirdistonda, O‟rta Osiyo
respublikalarida va boshqa
joylarda bor.
Alyuminiyni alyuminiy birikmalaridan olish jarayoni ikki bosqichga ajratiladi:
1.
Alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidini olish.
2.
Alyuminiy oksidlaridan alyuminiy olish.
Alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidlarini olish. Alyuminiy rudalaridan
alyuminiy oksidlarini olishda rudaning tarkibidagi begona
jinslarning xiliga va
miqdoriga qarab ishqorli, kislotali va elektrotermik usullaridan foydalaniladi.
Agar ruda tarkibida qumtuproq oz, temir oksidi ko‟proq bo‟lsa, ishqorli usul
qo‟llaniladi. Masalan, boksid tarkibida 30-57% gacha Al
2
O
3
; 16-35% Fe
2
O
3
; 3-13%
SiO
2
; 2-4% TiO
2
, 3% gacha CaO va 10-18% H
2
O bo‟lib, uning tarkibidagi SiO
2
ishqorda eriydi. Temir
oksidi esa erimay, oson ajraladi.
Agar ruda tarkibida qumtuproq ko‟proq, temir oksidi kamroq bo‟lsa, kislotali
usul qo‟llaniladi. Masalan, kaolinlar (Al
2
O
3
2SiO
2
2H
2
O) tarkibida esa 39-40%
Al
2
O
3
; 1,5% Fe
2
O
3;
36-45% SiO
2
; 15-20% H
2
O bo‟lib temir oksidi kislotada eriydi,
qumtuproq esa erimaydi.
Agar ruda tarkibida qumtuproq ham, temir oksidi ham bo‟lsa, elektrotermik
usuldan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: