Metall va qotishmalarning kimyoviy xossalari, bu ulaming oksidla- nishga, tashqi muhit, havo namligi, kislota va boshqalaming ta’siridan yemirilishga qarshi tura olish xossalaridir. Aytib o‘tilgan omillar ta’siri dan kimyoviy yemirilishga metallarning korroziyasi deyiladi. Kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya boMadi. Kimyoviy korroziya elektr toki o‘tmaydigan muhitda, masalan, quruq gaz, benzinda ro‘y beradi. Dvigatellar chiqarish klapanlarining, termik ishlov berish pechlari ichki ar- maturasining oksidlanishi shunday korroziya hisoblanadi. Elektrokimyoviy tok o‘tkazuvchi muhitning (namlik, nam havo, kislota, ishqorlar va bosh qalar) metallga ta’siri oqibatida yuz beradi. Metall va qotishmaning tarkibi bir xil emasligi tufayli bunday korroziya hosil boMadi. Turli jinsli elementlar elektrolit bilan kontaktda boMganda galvanik tok paydo bo’ladi
Metall va qotishmalarning mexanik xossalari, ulaming tashqi kuch- larga qarshilik ko‘rsata olish xususiyatini belgilaydi. Mexanik xossalar metallarning kimyoviy tarkibi, strukturasi, texnologik ishlov berish usuli va boshqa omillarga bogMiq boMadi. Mexanik xossalari ma’lum boMsa, metallarga ishlov berish vaqtida hamda konstruksiya va mexanizmlar- ning ish jarayonida, ulaming o‘zini qanday tutishi haqida hukm yuritish mumkin. Metallarga ta’sir etish xarakteriga ko‘ra uch xil tashqi yukla- nish boMadi: statik yuklanish - doimiy yo‘sinda yoki juda sekin o‘sib boruvchi kuch ko'rinishida ta’sir qiladi; dinamik yuklanish - zarb xarak teriga ega boMib, bir onda ta’sir qiladi; siklik yoki o‘zgaruvcharr ishorali yuklanish - qiymati yoki yo‘nalishi, yoxud ham qiymati, ham yo‘nalishi bir yoMa o‘zgaruvchan kuchlardir