muhofazasi qoidalari va yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlarini davriy tekshirish
kamida uch yilda bir marta amalga oshiriladi. Ishchilarni mehnat xavfsizligiga
o‘qitishni tashkil etish va yangi ishchilarni (kasbi bo‘lmagan yangi ishga kiruvchilar
yoki kasbini o‘zgartirayotganlar) tayyorlash, ishchilar malakasini oshirish GOST
12.0.004-90 “SSBT. Mehnat xavfsizligiga o‘qitishni tashkil etish. Umumiy
qoidalar” va “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va bilimlarni tekshirish
to‘g‘risida namunaviy nizom” (1996-yil 14-avgustda 272-son bilan ro‘yxatga
olingan) talablari bilan tartibga solinadi. Ishga kiruvchi ishchilar, rahbarlar va
mutaxassislar dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari, ishlovchilar esa — O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Xodimlarni ishga qabul qilishda
dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil
6-iyundagi 300-son buyrug‘iga muvofiq davriy ko‘rikdan o‘tishlari kerak.
Tashkilotda uning texnik rahbari tasdiqlagan xavfi yuqori bo‘lgan ishlar ro‘yxati
ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Xavfi yuqori bo‘lgan ishlar naryad-ruxsatnoma
bo‘yicha bajarilishi kerak. Naryad-ruxsatnoma konkret sharoitlarda ishlarni bajarish
xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy-texnik tadbirlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi va
naryad-ruxsatnomalarni ro‘yxatga olish jurnalida qayd etilishi kerak. Xavfi yuqori
bo‘lgan ishlar kamida ikki kishidan iborat brigada tomonidan, agar ishlar texnik
qurilma va apparatlar ichida bajarilsa, kamida uch kishidan iborat brigada tomonidan
bajarilishi kerak. Texnik qurilmalarga sexning doimiy xodimlari tomonidan
reglament asosida xizmat ko‘rsatiladigan vaqti-vaqti bilan takrorlanuvchi xavfi
yuqori bo‘lgan ishlar tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan maxsus ishlab
chiqilgan yo‘riqnomalar bo‘yicha bajarilishi mumkin. Har qaysi tashkilotda
avariyalarni bartaraf etish rejalari (ABER) tuzilishi kerak. ABER kamida uch yilda
bir marta qayta ko‘rib chiqiladi va avval tasdiqlangan rejaning amal qilish muddati
tugashiga bir oy qolganda tasdiqlanadi. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining
sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasida belgilangan chegaraviy
miqdordagi xavfli moddalari bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun sanoat
xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishi shart. Boshqa xavfli ishlab chiqarishlar va
obyektlar uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish majburiyligi
Dostları ilə paylaş: