Metodi, ijodiy izlanish o‘yini


Keywords: innovation, method, technology, speech exercise, game method,  creative search game.  KIRISH



Yüklə 445,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix17.09.2023
ölçüsü445,15 Kb.
#144461
1   2   3   4   5   6   7
4 .til-o-qitishda-zamonaviy-yondashuvlar

Keywords:
innovation, method, technology, speech exercise, game method, 
creative search game. 
KIRISH 
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan 
ta’lim tizimiga e’tibori va uning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Bugungi kunda 
o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim 
tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga 
ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 9 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
306
 
September, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 
Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya jarayoniga 
kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va 
takomillashuvchi jarayonida har bir inson o‘z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini 
kuchaytirish imkoniyatlari yaratildi. Bugungi kunda ta’limda, xususan, til va adabiyot 
o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol usullarda keng 
foydalanilmoqda. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Til o‘qitish jarayonida bilish, leksik, grammatik, talaffuz tushunchalarini 
to‘g‘ri shakllantirish, talabalar ongida bilimlar sistemasini o‘z-o‘zini nazorat qilish 
ko‘nikmasini to‘g‘ri tarkib toptirish innovatsion pedagogik texnologiyalarning 
tarkibiy qismidir. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida eng samarali, o‘qituvchi 
pedagoglar ko‘zlagan maqsadlariga erishishning kafolatlangan o‘qitish uslublari, 
talabalarda erkin fikrlash, mustaqil qaror chiqarish ko‘nikmasini shakllantiradigan, 
ularni muammolarini yechishlari, turli vaziyatlardan qiynalmasdan chiqib ketishlari 
uchun zamin hozirlashga qodir bunday o‘qitish usullari pedagogik texnologiyaning 
eng ilg‘or xususiyatidir. 
Xususan, tilni o‘qitishda bir qancha uslublarni qo‘llagan holda amalga oshirish 
mumkin. 
Tilni o‘qitishning natijalari birinchi navbatda, mashqlar sistemasi orqali 
aniqlanadi, chunki til o‘rganishdagi amaliy maqsad ya’ni, nutq faoliyatining barcha 
turlarini egallash mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Mashq deganda, ma’lum bir 
faoliyatni egallashga qaratilgan yoki shu faoliyatni o‘quv jarayonlarida 
takomillashtirishga qaratilgan alohida yoki ketma-ket bajariladigan operatsiyalar yoki 
ko‘nikmalarga adekvat ya’ni, mos bo‘lishi kerak. Metodik adabiyotlarda 
mashqlarning turlicha klassifikatsiyalarini ko‘rishimiz mumkin. Bu turlicha 
prinsiplarga asoslanadi. Masalan: komunikativlik prinsipiga ko‘ra, 3 tipdagi 
mashqlarni farqlashimiz mumkin: 
Ma’lumki, har qanday badiiy asar asosida badiiy til yotadi. Yozuvchi til 
yordamida ma’lum bir o‘zi tasvirlayotgan inson, ma’lum bir zamon, davr obrazini 
yaratadi. Asardagi voqealar qahramon-inson ichki olami, ruhiyati orqali tasvir 
maydoniga aylanadi. “Xullas, romanda yozuvchi uchun ichki dunyoning – ruhning 
kechinmalarini tashqi qiyofa, holat va xattiharakatlarda ko‘rinishini tasvirlash, ya’ni 
dinamik prinsip asosiy mezondir” [5]. Shu ma’noda Mark Tven 
ham “Janna d’ Ark” romanidagi har bir personajning tashqi 



Yüklə 445,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin