Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə59/217
tarix12.10.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#154741
növüМетодические указания
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   217
portal.guldu.uz-MIKROBIOLOGIYa VA QIShLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYaSI

Vas. botulinus dan tashqari, Colithyphus gruppasidagi bakterial organizmlar sababli ham ovqatdan zaharlanish mumkin. Bular patogen formalar bo’lib, bundan tashqari, alohida toksinlar ishlab chiqaradi. Ular odam organizmini zaharlaydi va qo’sish, ich ketish hamda boshqa kasallik alomatlarini hosil qilib, ichaklarga qattiq ta’sir etadi. Ko’pgina mikroor­ganizmlar muhitga ajratib chiqaradigan antibiotiklar (penitsillin, streptomitsin va boshqalar) ham mikroorganizmlarga katta ta’sir ko’rsatadi. Penitsillinni 1925 yilda Fle­ming Petri kosachasidagi stafilokokklar kulturasining o’sishini kuzatayotganda topgan. Mazkur kultura chetki infeksiya-yashil mog’or bilan kasallangan bo’lib, bu mog’or idishdagi stafilokokklarning o’sishiga har xil yo’l bilan tusqinlik qilar edi. Bu mog’or koloniyasi yaqinida stafilokokklar mutlaqo rivojlanmagan. Petri kosachasini kuzatayotganda mog’or agarli muhitga ajratib chiqaradigan qandaydir modda stafilokokklarning o’sishiga halaqit berayotganligini kuzatish mumkin edi. Bu moddani uzoq vaqtgacha sof holda ajratib olish mumkin bo’lmadi. Faqat 1940 yilga kelib, u efirli eritmadan sodaning suvli eritmasiga oson o’tishi va undan alohida vakuum apparatlarda —40°da quritish yo’li bilan quruq preparat olinishi aniqlandi. Penitsillinning konsentratsiyasi juda past (1:2000000) bo’lsa ham, u streptokokklarning, stafilokokklarning, pnevmokokklarning, gonokokklarning va gaz gangrenasi bakteriyalarining rivojlanishini to’xtatadi. Hatto eng chidamli stafilo­kokklar mazkur modda million marta suyultirilganda ham rivojlanishdan to’xtaydi. Biroq, penitsillindan ta’sirlanuvchi bakteriyalar bilan birga mazkur modda hech qanday ta’sir qilmaydigan formalar topilgan. Masalan, dizenteriya va qorin tifi tayoqchalari va boshqa ko’p grammanfiy bakteriyalar ana shunday bakteriyalarga kiradi.
Deyarli penitsillin bilan bir vaqtda muhitga Vas. brevis tomonidan ajratib chiqariladigan ikkinchi antibiotik mod­da ham topilgan. Bu moda tirotritsin deb ataldi. Biroq, ancha mufassal tekshirishlar mazkur mahsulot eng kamida ikkita komponentdan: gramitsidin va tirotsidindan iborat ekanligini ko’rsatdi. Ikkala komponent ham kristall polipeptidlar (ularning umumiy formulasi C74N105O13N15) bo’lib, tanlab ta’sir etish xususiyatiga ega. Bular odam yoki hayvonlarning tirik hujayralariga sezilarli ta’sir etmaydi, lekin juda kam dozada bo’lsa ham, yiring hosil qiluvchi streptokokk va pnevmokokklarni nobud qiladi. Tirotritsinning bu xususiyati, undan meditsinada yaralarni davolash uchun keng foydalanish imkonini beradi. 1942 yilda G.F.Gauze va M.G.Brajnikova kulturasida gramitsidin S (sovet gramitsidini) deb atalgan antibiotik modda to’plovchi tuproqbakteriyasini ajratib olishga muvaffaq bo’ldi. Bu moddaniig bakteritsidlik xususiyatlari ham ancha yuqori bo’ladi. Uning 1 millimetrdagi konsentratsiyasi 0,01 mg bo’lsa, yiring hosil qiluvchi stafilokokklarni, streptokokklarni va pnev­mokokklarni nobud qiladi. Bu moddaning kimyoviy tuzilishi ancha oddiy bo’lib, gidroliz qilinganda 5ta aminokislota: I-ornitin, 1-prolin, 1-valin, 1-leysin va d-fenilalanin hosil bo’ladi.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin