Maqsad: bolalar o'ylangan syujet uchun mustaqil sharoit yarata olish, o'yin davomida xayrixohlik xislatlarini namoyon etish va jamoada o'ynay olish, tengqurlari bilan oson muloqotga kirisha olish malakalariga ega bo'ladilar.
Kerakli jihoz va materiallar:qo'g'irchoq, o'yinchoq idish-tovoq, mebelb, o'yin atributlari.
Faoliyatning borishi: Bolalar o'rtasida rollarni taqsimlash (dada, oyi, bola va h.z.)
Markazni uy qilib bezash.
Mustaqil syujetni ijro etish.
Bolalar ishlarini tahlil qilish va rag'batlantirish
Qo'shimcha qism:tarbiyachi kuzatadi, qo'shimcha syujetni taklif etadi: sizlarnikiga mehmon keladi; dadangiz xizmat safariga ketmoqda va h.z.