Matn bo'yicha masalani tahlil qilish masala shartidan ham, uning savollaridan ham boshlanishi mumkin bo'lgan mulo-hazalar zanjiri ko'rinishida o'tkazilishi mumkin
Matn bo'yicha masalani tahlil qilish masala shartidan ham, uning savollaridan ham boshlanishi mumkin bo'lgan mulo-hazalar zanjiri ko'rinishida o'tkazilishi mumkin.
Masalaning shartidan savolga tamon tahlil qilishda beril-ganlar bo'yicha qanday noma'lum va arifmetik amal yordamida topilishi mumkinligini aniqlash kerak. Bu noma'lumni berilgan ma'lumot deb hisoblab, yana o'zaro bog'langan ikkita ma'lu-motni ajratish, uning yordamida topilishi mumkin bo'lgan noma'lumni va, shuningdek, mos arifmetik amalni aniqlash kerak va hokazo. Bu jarayonning bajarilishi noma'lumni hosil qilishga olib keluvchi amalni aniqlaguncha davom ettiriladi.