Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment ”


Tuman Maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining ish mazmuni va vazifalari



Yüklə 125,5 Kb.
səhifə10/18
tarix17.09.2023
ölçüsü125,5 Kb.
#144463
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejme

Tuman Maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining ish mazmuni va vazifalari.
Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining sohaga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar, Maktabgacha ta'lim vazirligi, boshqarmalari va bo'limlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga mo'ljallangan istiqbol rejasi tuziladi. Yillik rejada metodika kabinetining har bir o'quv yiliga taalluqli faoliyati aks etadi. Chorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi. Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichma- bosqich, mazmunli tashkil etilishini ta'minlash kerak. Bunda asosiy e'tibor o'quv, ta’lim-tarbiya yo'nalishidagi faoliyatini o'rganish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, metodist, tarbiyachilarga o'quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa tarbiyasi bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatish tashkilotlarda kasalliklarning oldini olish va profilaktikasini yo'lga qo'yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo'lgan tashkilotlar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga qaratiladi. Rejada maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o'rin tutadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi va mazmuniga bog'liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor bo'lib turishni ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha tashkilotlarni qamrab olishi kerak. Rejada maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni va nomi ko'rsatiladi. Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi - pedagogika va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya tashkilotlarining kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat. Bu o'rinda tuman Maktabgacha ta’lim bo'limi tomonidan tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg'or pedagoglarning uslubiy birlashmalar, seminar mashg'ulotlari, ma'ruzalar va boshqa anjumanlarni tashkil etish borasidagi sa'y-harakatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 125,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin