Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment ”


Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari



Yüklə 125,5 Kb.
səhifə5/18
tarix17.09.2023
ölçüsü125,5 Kb.
#144463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejme

Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari:

  • maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash;

  • Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, maktabgacha

ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

  • maktabgacha ta’lim sohasida dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanni (shaharni) rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash;

  • maktabgacha ta'lim masalalariga doir takliflarni tayyorlash va maktabgacha ta'lim masalalari yuzasidan tumanni (shaharni) rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;

  • tumanlarda (shaharlarda) maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo'yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yo'l xaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti nazoratchi – metodistining vazifalari, huquqlari va unga qo’yiladigan talablar.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishiga bevosita rahbarlik qilish Maktabgacha ta'lim bo'limi maktabgacha ta’lim nazoratchi-metodistga yuklatiladi.
Nazoratchi-metodist - bu ma’lum sohaga tegishli qonun- qoidalarning bajarilishini nazorat qiluvchi shaxsdir. Maktabgacha ta'lim tashkiloti nazoratchi-metodistining ishi murakkab va ko'p qirralidir.

  • Nazoratchi-metodist o'z ishida Davlatimizning Maktabgacha ta'lim sohasi bo'yicha chiqarilgan qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, instruktiv, dasturiy, metodik hujjatlariga amal qiladi. Maktabgacha ta'lim bo'limi nazoratchi-metodisti (tuman, shahar): turli tildagi, idora-tashkilot tomonidan tashkil etilishidan qat'i nazar «Ilk qadam» Davlat Dasturi tinglovchilarini bajarilishini kuzatadi, tekshiradi;

  • Maktabgacha ta'lim tashkiloti ishini har tomonlama nazorat qiladi;

  • Qonun doirasida yo'l-yo'riq, buyruq, tavsiya, ko'rsatmalar beradi;

  • Qonunga xilof ishlarni to'xtatadi va Maktabgacha ta'lim bo'limiga xabar beradi;

  • Maktabgacha ta'lim tashkiloti ishlarni yaxshilash bo'yicha taklif, mulohazalar beradi;

  • Maktabgacha ta'lim bo'limida mudira, metodist va tarbiyachilar uchun ilmiy-uslubiy kengashlar chaqiradi;

  • Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini Attestatsiyadan o'tkazadi;

  • Xodimlarni rag'batlantirish va jazolash, ishdan bo'shatish masalalariga rahbarlik qiladi;

  • Shahar, tuman nazoratchi-metodisti - Xalq deputatlari ijroiya qo'mitalari oldiga Maktabgacha ta'lim bo'limi va Maktabgacha ta'lim tashkiloti ishini yanada takomillashtirish bo'yicha masalalarni qo'yadi.


Yüklə 125,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin