Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejme
10.Tuman (shahar) miqyosida tegishli ta'lim yo'nalishlarining metodik ta'minotga bo'lgan ehtiyojini aniqlaydi.
11."Ilk qadam" dasturi, metodik qo'llanma va boshqa yangi metodik nashrlar, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayoniga doir ilmiy maqolalarni o'rganadi va muhokama qiladi.
12.Maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari ko'rsatmasi bilan sohaga oid yaratilayotgan yangi dastur, qo’llanmalarni tahlil qiladi va asoslangan xulosalar taqdim etadi.
13.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maxsus sanitariya- gigiyena talablari asosida jihozlanishiga metodik yordam beradi.
14.Tuman (shahar) miqyosida tegishli yo'nalish bo'yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilg'or ish tajribalarini o'rganishga yo'naltirilgan o'quv-metodik seminarlarni tashkil etadi.
15.Tuman (shahar) miqyosida tarbiyachilarning uzluksiz malaka va mahoratlarini oshirib borishlarini ta'minlaydi.
16.Tuman (shahar) maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ilg'or pedagogik tajribalari, ijodkor tarbiyachilari haqida axborotlar bazasini tashkil etadi.
17.Ta'lim tashkilotlarida turli yo'nalishdagi to'garaklar faoliyati va noan'anaviy guruhlarning ishlarini o'rganadi, ularga tegishli yordam ko'rsatadi.
18.Tuman (shahar) miqyosida o'tkaziladigan ikkinchi bosqich ko'rik-tanlovlarni o'tkazishga yordam beradi.
19. Ta'lim tashkilotlarining yangi o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta'minlanishini nazorat qiladi.
Metodik uyushmasining ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish. - Tuman (shahar miqyosida maktabgacha ta'limning bir necha yo'nalishlari, shuningdek (maktabgacha ta'lim tashkilots rahbari, metodist, tarbiyachi, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi, logopedlar uchun) bittadan metodika uyushmasi tashkil etiladi.
- Metodika uyushmasiga har bir ta'lim tashkilotidan bir va bir necha pedagog xodim tashkilot rahbarining tavsiyasi va buyrug'i bilan a'zo qilib olinadi.
- Metodika uyushmasiga tegishli ta’lim yo'nalishi bo'yicha tuman (shahar)ning eng ijodkor va tajribali tarbiyachi mutaxassisi rais etib saylanadi va uyushma yig'ilishiga rahbarlik qiladi.
- Metodik uyushma raisi va uning a'zolari uyushma faoliyatiarini jamoatchilik asosida yuritadilar.
- Metodik uyushma faoliyatiga bog'liq barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish tuman (shahar) ta'lim tashkilotlarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining maktabgacha ta'lim yo'nalishi metodisti zimmasiga yuklatiladi.
- Uyushma faoliyati tuman (shahar) ta'lim tashkilotlarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining huzuridagi Metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
- Metodika uyushmasi yig'ilishi har ikki oyda bir marta o'tkazilishi va yig'ilish ma'lum bir masalani muhokama qilishi yoki o'quv seminari tashkil qilishi mumkin.
- Metodika uyushmasi yig'ilishlarida muhokama etilgan masalalar majlis bayonnomasida aks ettirilishi va qabul qilingan qaror yuzasidan tegishli ko'chirma taqdim etilishi zarur.
- Yig'ilish bayonlari daftari, uyushma ish rejasi va hisoboti tuman (shahar) metodika kabinetida uch yil saqlanadi.