Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejme
Seminar va seminar mashg’ulotlari. Maktabgacha ta'lim xodimlarining ishlash malakalarini oshirish shakllaridan biri bu seminarlardir. Seminarlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga doir eng dolzarb masalalar muhokama etilib, chora-tadbirlari belgilab olinadi. Seminar mavzulari viloyat, shahar, tuman Maktabgacha ta'lim boshqarmalari (bo'limlari) tomonidan belgilanadi.
Seminar uchun mavzu tanlashda uning maqsadi, vazifalari, mavzular tematikasi aniqlanadi va bibliografiya tuziladi. Ma'ruza mavzulari seminar qatnashchilariga taqsimlab beriladi, har bir ma'ruzachi belgilangan mavzus bo'yicha o'z tajribalaridan namunalar keltirib, ilmiy jihatdan asoslab berishga harakat qilishi zarur.
Mudiralar uchun seminar mavzusini quyidagicha tanlash mumkin:
Musiqa rahbarlariga maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni qo'shiq san'atiga qiziqtirish, yoshiga mos qo'shiqlarni kuylashga o'rgatish kabi mavzularda seminarlar tash kil etilishi mumkin. Seminarlarning asosiy maqsadi - alohida metodika bo'yicha tarbiyachilarning bilimlarini chuqurlashtirish va tarbiya bo'yicha dolzarb masalalarni muhokama etib, ularning hal qilish usul va uslublarini belgilashdir. Seminar o'quv mashg'ulotlar rejasi bir yilga mo'ljallangan bo'lib, viloyat va respublika miqyosida 5-12 kunga ishdan ajralgan, shahar va tuman seminarian esa har oyda 1-2 marta ishdan ajralmagan holda tashkil etiladi.
Seminarlar mavzulari rejasi va dasturi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ish sifatini yaxshilash maqsadida tegishli ilmiy tekshirish institutlari tomonidan ishlab chiqiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida seminar mashg'ulotlari mavzulari mudira, katta tarbiyachi va tarbiyachilar bilan birgalikda tanlanadi va Pedagogik kengashda tasdiqlanadi hamda tashkilotning yillik rejasiga kiritiladi. Shu asosda barcha metodist-tarbiyachilarning faol ishtirokida seminar mashg'ulotlarining aniq rejasi ishlab chiqiladi.
Seminar mashg'ulotlari tashkilot faoliyatiga taalluqli dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlanishi, rejada bir xil mavzularning ko'tarilishiga yo'l qo'ymaslik zarur. Aks holda, bu seminar qatnashchilarining qiziqishi va faolligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, mashg'ulot sof nazariy tus olmasligi, muhokama etilayotgan mavzu (masala) amaliyot bilan uzviy bog'liq holda bayon etilishi kerak.