Metropoliten elektr qurilmalari va ularning boshqarish tizimlari



Yüklə 47,75 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü47,75 Kb.
#205496
1-seminar


О‘zbekiston temir yo‘llarida foydalaniladigan metro poyezdlari, ularning tavsiflari.
“Metropoliten elektr qurilmalari va ularning boshqarish tizimlari” – metropoliten majmualarini loyihalashtirishda, ekspluatatsiya qilishda va ta’mirlashda xarakat tarkiblarning tuzilishini, ishlashini, metall va boshqa materiallarni tejab sarflash, ta’mirlash va qurishni texnologikligini ta’minlash, eng kam nisbiy, kapital sarflar va ekspluatatsiya xarajatlarga erishish yо‘llarini о‘rganadi.
Yо‘lovchi tashish о‘z navbatida metropoliten vositalarining hafsizligini va benuqson ishlashini ta’minlashda о‘zgacha yondashuvni talab etadi. Odatda bunday hollarda harakat tarkibida bajaradigan ishlar ahamiyatini, xarakterini, metropoliten qismlarning ishdan chiqish sabablarini, hisob-kitob qilish usullarini chuqurroq bilish talab qilinadi. Shuning uchun bu fan metropoliten xarakat tarkibining elektr qurilmalariga qо‘yiladigan zamonaviy texnologiyalar haqida tushuncha, «elektr harakat tarkibi – yо‘l» elektrotexnik tuzilishining fizik xususiyatlari bо‘yicha ma’lumot beradi.
Fanni о‘qitishdan maqsad metropoliten elektr qurilmalarining konstruktiv hususiyatlari, ishlatish asoslarini, metropoliten elektr qurilmalarini tuzilishini, ularning о‘zaro ta’sirini tahlil qilish va hisoblashni о‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi – metropoliten elektr qurilmalarini tuzilishini, ishlash tarzini, elektr harakat tarkiblari ishini tashkil etish, poyezdlar harakatini tashkil etish, texnik xizmat kо‘rsatish va boshqaruv turlari, davrlari bilan tanishish, metropoliten transportida mehnatni muhofaza qilish masalalarini о‘rgatishdan iborat.
81-717.5M va 81-714.5M rusumli vagonlar 81-717, 81-714 rusumli vagonlarning keyingi modifikatsiyasi hisoblanadi. Ularning seriyali ishlab chiqarilishi Rossiyaning Mitishi shaxridagi vagonsozlik zavodi va Leningrad vagon zavodlarida о‘zlashtirildi.

1-rasm: 81-717 rusumli mashinist kabinasiga ega metropoliten vagoni
81-717.5M rusumli vagonda boshqaruv kabinasi mavjud va u bosh vagon sifatida ishlatiladi; 81-714.5M rusumli vagonda boshqaruv kabinasi yо‘q va u oraliq vagon sifatida ishlatiladi.

2-rasm: 81-717.5M rusumli mashinist kabinasiga ega metropoliten vagoni
Ushbu vagonlar SNiP11-40-80 GOSTi bо‘yicha qurilgan metro liniyalarida yо‘lovchilarni bir kishi (mashinist) boshqaradigan poyezdlarda tashish uchun mо‘ljallangan. Shu maqsadda asosiy vagonlar ALS-ARS uskunalari bilan jihozlangan.
Vagonlar atrof-muhit harorati -40 ° C dan + 40 ° C gacha bо‘lgan xaroratlarda, kontakt tarmog‘idagi nominal doimiy kuchlanish qiymati 750V bо‘lgan sharoitlarda ishlashga mо‘ljallangan.
Vagonlarning normal ishlashi asosiy yо‘llardagi minimal egri radiusi kamida 200 m bо‘lganda, yо‘lning maksimal qiyaligi 40%0 va koleya qalinligi 1520 mm bо‘lgan holda ta’minlanadi.
Tarkibni shakllantirishda (minimal vagonlar soni 3 ta, kо‘pi bilan 8 ta) 81-717.5M rusumli vagonlar poyezdning boshi va oxirida joylashgan bо‘lishi kerak. Boshqarish va harakat xavfsizligi tizimlari poyezdni kо‘plab vagonlar tizimidan foydalangan holda bosh vagon kabinasidan bitta mashinist butun tarkibni boshqarishini ta’minlaydi.
Vagonda ARS-ALS yо‘l qurilmalari bо‘lmagan taqdirda tarkibni ikki kishi bо‘lib boshqariladi.
1977 yildan boshlab chiqarilgan ushbu vagonlarning uzel va agregatlari doimiy ravishda takomillashtirib kelingan.
Vagonlarning asosiy texnik xususiyatlari 1-jadvalda keltirilgan.
Vagonlarning asosiy texnik tavsiflari
1-jadval

Vagonlarning xususiyatlari

Vagon turlari

81-717.5M

81-714.5M

Vagon tarasining massasi, kg

34000

33000

Konstruksion tezligi, km / soat

90

90

О‘tirish uchun о‘rindiqlar soni

40

44

1 m2 da 10 ta yо‘lovchi xisobida vagonning umumiy sig‘imi

308

330

1 m2 da 10 ta yо‘lovchi xisobida о‘tirgan va turgan yо‘lovchilarning umumiy og‘irligi, kg

21.560

23.100

Salonning yoritilish tizimi

Lyuminessent

Lyuminessent

ARS-ALS tizimi mavjudligi

Xa

Yо‘q

Poyezdni boshqarish rezerv tizimi mavjudligi

Xa

Xa

TEDlarning quvvati, kVt

4x114

4x114

80 km/s tezlikga chiqish vaqti, sek

40

40

Vagonda yong‘inni aniqlash va о‘chirish tizimi mavjudligi

Xa

Xa

Poyezd raqamini avtomatik ravishda о‘qish va aniqlash tizimi

Xa

Yо‘q

Avtossepka uchidan uchigacha vagon uzunligi

19210

19210

Bosh vagonning rels kallagidan boshlab balandligi

3700

3700

Vagon bazasi

12600

12600

Vagonning xar tarafidagi eshiklari soni

4

4

Dispetcherlik aloqasi radiostansiyasi turi

42PTM-A2-4M

Yо‘q

Ventilyatsiya

Mashinist kabinasida – mexanik
Salonda – tabiiy yо‘l bilan

Tabiiy va mexanik

81-717.5M, 81-714.5M rusumli vagonlarning 81-717, 81-714 vagonlaridan ajralib turadigan о‘ziga xos xususiyati quyidagicha:


- tortuv elektr dvigatelining tormozlash paytida qо‘zg‘alish ishonchliligini tormoz rezistorining qarshilik qiymatini 2,26 Omdan 2,08 Omgacha kamaytirilgan va о‘rtacha va past (5 km/soatgacha) tezliklarda elektr tormozlashni boshlash tezliklarida tortuv elektr dvigatelining qо‘zg‘alish vaqti kamaytirilgan;
- og‘irligi va о‘lchamlari kamaytirilgan, texnik xizmat kо‘rsatilishi osonlashtirilgan va ishonchliligi oshirilgan DIP-01K boshqaruv zanjirlari uchun elektr ta’minot manbaidan foydalanilgan;
- tormozlash paytida reversorning kontaktlaridagi kuchlanishni 1500 Vdan 50 V gacha kamaytirishga va reversorning tirgakli elementlarining nosozliklarida tortuv elektr dvigatelining yakorlarida paydo bо‘lishi mumkin bо‘lgan davomiy qisqa tutashuvni istisno qilishga imkon beruvchi tortish elektr dvigatelining qо‘zg‘atish chо‘lg‘amini reverslash;
- Tortuv elektr dvigatelining korpusga tutashuv paytidagi kontur toklarni istisno qilish maqsadida dvigatellar zanjirida 2ta diod о‘rnatilgan, tortish elektr dvigatelini liniyadagi qisqa tutashuvdan himoya qilish, tormoz rejimida elektr sxemani himoya qilish, tokorazdellardan о‘tishda nol relesining ishlash tezligi oshirilgan;
- yо‘lovchi vagonlari salonining asosiy va favqulodda yoritilishi ichki kuchlanish о‘zgartgichlari о‘rnatilgan C2-LL turidagi svetilniklari yordamida amalga oshiriladi;
- oq nurli faralar tо‘plamini quvvatlantirish uchun BPF-300UZ tipidagi chastotali regulyatsiyaga yega bо‘lgan doimiy kuchlanish statik о‘zgartgichlaridan foydalanilgan;
- BUDK-2UZ kompressor elektrodvigatelini quvvatlovchi kuchlanishini stabilizatsiyalash va silliq qо‘zg‘alishini ta’minlovchi blokdan foydalanish;
- TEDning qо‘zg‘atish tokini barqarorlashtiruvchi DRP 300/300 turidagi yangi avlod regulyatoridan foydalanilgan;
- Kuzov ichidagi jixozlarni yopishda qiyin yonuvchan materiallar qо‘llanilgan;
- Elektr montaj ishlarini olib borishda maxsus ishlab chiqilgan PGRO (PGR) turidagi, izolyatsiyasi yong‘inni tarqalishiga qarshilik kо‘rsatadigan simdan foydalanilgan;
- Mashinist kabinasi va apparat otsekidagi elektr apparatlar joylashuvi о‘zgartirildi. Xususan: Mashinist kabinasidan vagon ostiga yuqori kuchlanishli saqlagichlar, bitta kilovoltmetr va KVS nazorat lampasi о‘tkazilgan;
- 81-717.5M turidagi vagonlarda oldi oynaning tagiga tonnelning yoritilishini yaxshilash maqsadida qо‘shimcha ikkita FG-146 turidagi faralar о‘rnatilgan.
- Metro vagoni qurilishida ilk bor apparat bо‘limida datchiklar yordamida ishlaydigan yong‘in signalizatsiyasi tizimi qо‘llanilgan. Mashinist kabinasida qо‘shimcha tarzda shlangi apparat otsekiga chiqarilgan OP-5 kukunli о‘t о‘chirgich о‘rnatilgan.
Ushbu turdagi vagonlarda о‘tkazish pereklyuchatelida KE-46D (PS-1, PS-2) tirgakli elementlardan foydalanishni istisno etuvchi va ularni PK 163A (LK-2) kontaktoriga almashtirishga xizmat qiladigan yangi turdagi kuch sxemasi ishlab chiqilgan. Tormoz pereklyuchatelidagi KE-47D tirgakli elementlar soni kamaytirilgan. Reostat kontrollerining KE-47D tirgakli elementlar soni kamaytirilgan.
Yüklə 47,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin