Mexanik harakat. Moddiy nuqta, traektoriya, ko’chish, yo’l tushunchalari



Yüklə 12,22 Kb.
tarix24.09.2023
ölçüsü12,22 Kb.
#147781
Mexanik harakat


Mexanik harakat. Moddiy nuqta, traektoriya, ko’chish, yo’l tushunchalari.
Vaqt o’tishi bilan jismning fazodagi vaziyatini boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishiga mexanik harakat deyiladi. Mexanika shu jumladan kinematikaning asosiy vazifasi harakat qilayotgan jismning istalgan paytdagi vaziyatini (o’rnini) aniqlashdan iborat. Ammo kinematikada jism harakati uni yuzaga keltiruvchi sabablar hisobga olinmagan holda o’rganiladi.
Jismning mexanik harakatini o’rganishda absolyut qattiq jism va moddiy nuqta tushunchalaridan keng foydalaniladi. Mexanik harakati o’rganilayotgan sharoitda, jismning shakli va o’lchami o’zgarishsiz qolsa, bunday jismga absolyut qattiq jism deb ataladi. Shuningdek, ko’p hollarda harakat qilayotgan jismning o’lchamlari hisobga olinmaydi. Masalan, Toshkenddan biror tezlik bilan Samarqand shahriga jo’nagan avtomobilning 2 soatdan keying o’rnini aniqlashda mashinaning o’lchami hisobga olinmaydi. Chunki, mashinaning o’lchami 2 soat davomida yurgan masofasiga nisbatan hisobga olinmas darajada kichik.
Yüklə 12,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin