6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar
IV bob. Issiqlik hodisalari 118
118
qilingan. Unda yonish temperaturasi 60°C bo‘lgan
fos
fordan foydalanilgan. Gugurtni ixtiyoriy
bir yuzaga, hatto etik tagiga ishqalansa ham
yonadigan bo‘lgan. Tez yonish xususiyatiga ega
bo‘lganligidan yon g‘inlar chiqishiga sabab bo‘lgan
hamda zaharli ekanligidan havfl i fosfor o‘rniga
bosh qa yonadigan qorishmani 1855-yilda Shvet-
siyada o‘ylab topishgan.
Ichki energiyani ish bajarib oshirish mum-
kinligini «havo chaqmog‘i» deb ata luvchi quril-
mada ko‘rish mumkin (87-rasm). Qalin orga nik
shishadan yasalgan silindr ichiga ben
zin bilan
ho‘llangan paxta qo‘yiladi. So‘ngra porshenni
pastga tez bosilsa, paxta yonib ketadi. Bunda havoni siqishda ichki
energiyasi va temperaturasi ortib paxta yonadi. Gaz tashqi kuch bilan
siqilsa, temperaturasi ortishi ma’lum bo‘ldi. Gaz o‘z-o‘zidan kengaysa
nima bo‘ladi? Bunday kengayishda bajarilgan ish gazning ichki energiyasi
hisobiga bo‘ladi. Shu sababli uning temperaturasi pasayadi. Uy-ro‘zg‘orda
ishlatiladigan sovutkich (xolodilnik) lar shu asosda ishlaydi.
Yuqorida aytganimizdek, ichki energiya moddani tashkil etgan
zarralarning potensial energiyasi bilan ham belgilanadi. Masalan, 0°C
da suv ham, muz ham mavjud bo‘ladi. Lekin molekulalarining o‘zaro
joylashishlari turlicha bo‘lganligidan 0°C li suvning ichki energiyasi, 0°C
li muznikidan katta bo‘ladi. Ichki energiya, shuningdek, jism massasiga
bog‘liq bo‘ladi. Katta o‘lchamdagi dazmol, xuddi shunday temperaturali
kichik dazmolga nisbatan ko‘proq kiyimni dazmollay oladi. Agar 100°C
gacha qizdirilgan 1 kg li po‘lat sharni 1 litrli suvga solinsa, aynan 100°C li
0,5 kg li po‘lat shar solinganiga qaraganda ikki barobar ko‘proq isitar ekan.
Bundan tashqari, ichki energiya modda turiga ham bog‘liq. Buni quyida-
gicha tajribada ko‘rish mumkin. Bir xil massali aluminiy va qo‘rg‘oshin
sharlar ni 100°C gacha qizdiraylik. So‘ngra ularni bir xil idishdagi suvlarga
solaylik. Bunda aluminiy shar solingan suv ko‘proq qiziganini ko‘ramiz.
Demak, massalari va temperaturalari teng bo‘lgan, lekin turli moddalardan
yasalgan jismlarning ichki energiyalari har xil bo‘lar ekan.
87-rasm.