103
mahsulidir. Hattoki foydalaniladigan shamol energiyasi ham
Quyosh
tufayli bo‘ladi.
Xo‘sh, issiqlik deganda nimani tushunamiz? Dastlabki davrlarda
issiqlikni ham qandaydir modda deb qarashgan. Masalan, gaz yonganda
undan issiqlik chiqib suvga o‘tadi. Natijada endi issiqlik suvda bo‘ladi.
Keyin qaynagan suvni gazdan olib qo‘ysak, undan
issiqlik chiqib havoga
o‘tadi va h.k. Shunga ko‘ra uni o‘lchash uchun alohida «issiqlik miqdori»
degan fi zik kattalik kiritilgan. Shunday tajriba o‘tkazaylik. Sovuq qish
kunida ikkita muz parchasini qalin qo‘lqop bilan ushlab (qo‘lingizning
issig‘i muzga o‘tmasligi uchun), ularni bir-biriga ishqalab ko‘raylik. Shunda
muzlar erib, suv tomchilay boshlaydi. Muzni
eritish uchun unga issiqlik
nimadan berildi? Qadimda odamlar ikkita yog‘ochni ishqalab olov hosil
qilganlar. Simni ham bir joyidan bir necha marta tez-tez buklansa o‘sha
joyi qizib ketadi. Og‘ir bolg‘ani ko‘tarib metall bo‘lagiga bir necha marta
urilsa, metall ham isiydi. Bularning barchasida mexanik
energiya issiqlik
energiyasiga aylanadi. Shunga o‘xshash ishqalangan barcha jismlarning
qizishini turmushda uchratgansiz. Ular haqida eslab ko‘ring. Mana shunday
tajribalar, issiqlik ham energiyaning bir turi ekanligi haqidagi xulosaga olib
keldi. Unda potensial va kinetik energiyadan qaysi
biri issiqlik energiyasiga
mos keladi? Yoki bir vaqtda ikkalasi hammi? Ma’lumki, moddalar mayda
zarralardan tashkil topgan va ular to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Kuzatishlar
shuni ko‘rsatadiki, agar modda isitilsa, zarralar harakati tezlashadi.
Bundan
Dostları ilə paylaş: