Mexanik kattaliklarni o’lchash Reja


Induktiv siljish o’lchagichlar



Yüklə 327 Kb.
səhifə2/10
tarix03.02.2023
ölçüsü327 Kb.
#82523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mexanik kattaliklarni o’lchash Reja

Induktiv siljish o’lchagichlar. Induktiv siljish o’lchagichlarning ishlashi elektromagnit sistemasining qo’zg’aluvchi temir o’zagidagi havo oralig’i δ ga bog’liq ravishda elektromagnit chulg’amining induktivligi L ning unga mutanosib o’zgarishiga asoslanadi (28- a rasm). O’lchanadigan miqdor - siljish X ta'sirida qo’zg’aluvchan temir o’zakning siljishi elektromagnit chulg’ami induktivligini o’zgartiradi. Induktivlik formulasiga muvofiq:

L = ΦW , Φ = IW , bundan L = W2 = W2


I RM RM RT+Rδ
bu erda: W-elektromagnit chulg’amidagi o’ramlar soni; RM - magnit zanjirining qarshiligi; RT-temir o’zak


28-rasm. Induktiv siljish o’lchagichlar:
a - havo oralig’i o’zgaradigan o’lchagich; б-o’lchagichning tavsif grafigi; havo oralig’i yuzasi o’zgaradigan o’lchagich; г-solenoidli, magnit singdiruvchanligi μ o’zgaradigan o’lchagich; д – differensial siljish o’lchagich; e - differensiall siljish o’lchagichning tavsif grafigi.
ning magnit qarshiligi; Rs - havo oralig’ining magnit qarshiligi.
Temir o’zakning magnit qrshiligi RT o’zgarmas miqdor; havo oralig’i qarshiligi Rδ esa temir o’zak siljishiga bog’liq bo’lgani havo oralig’i δ ning o’zgarishiga mutanosib ravishda o’zgaradi:
Rδ =
μFo
bu erda Fo - havo oralig’ining ko’ndalang kesim yuzi; μ -havo oralig’ining magnit singdiruvchanligi.
Havo oralig’ining qarshiligi temir o’zak magnit zanjirining magnit qarshiligidan juda katta Rδ»RT ekanini nazarga olganda elektromagnit chulg’amning induktivligini quyidagicha ifodalash mumkin:
L = W2μFo

Induktivlik ifodasidan foydalanib, zanjirdagi tok ifodasini quyidagicha yozish mumkin:
I = U = U

R22L2 R22 W2μ F0

bu erda: R - zanjirning aktiv qarshiligi; ω – o’zgaruvchan tok takroriyligi (chastotasi). Bu ifoda zanjirdagi tok I o’zgarishi, o’lchagichdagi havo oralig’i δ, havo oralig’ining ko’ndalang kesimi Fo yoki havo oralig’ining magnit singdiruvchanligi μ o’zgarishiga mutanosibligini va shu tok orqali mexanik siljish miqdorini o’lchash mumkinligini ko’rsatadi.


Induktiv siljish o’lchagichlar uch turli bo’ladi:
1) havo oralig’i δ o’zgarishiga asoslangan (28-a rasm);
2) havo oralig’i ko’ndalang kesimi yuzi Fo ning o’zgarishiga asoslangan (28-в rasm); 3) elektromagnit sistema magnit singdiruvchanligi μ ning o’zgarishiga asoslangan siljish o’lchagichlar (28-г rasm).
Havo oralig’i δ o’zgarishiga asoslangan siljish o’lchagichlar 0...1 mm oralig’idagi siljishni o’lchaydi. Havo oralig’i bundan ortiq bo’lganida L = f(δ) funksiya to’g’ri chiziqliligini yo’qotadi. O’lchash xatosi ortib ketadi. Shu sababli siljish 5 ... 8 mm bo’lsa, ikkinchi turdagi (28- в rasm) o’lchagich, siljish 50 ... 60 mm gacha bo’lganda esа uchinchi turli (solenoidli) o’lchagichlar qo’llaniladi.
Induktiv siljish o’lchagichlarda (28- a, в, г rasm) o’lchanishi lozim bo’lgan parametrning o’zgarishi sil­jish o’lchagichdan chiquvchi signal tok (I) ning o’zgarishi­ga muvofiq o’lchanadi. Bunday siljish o’lchagichlarda o’lchanadigan siljish nolga teng bo’lganida ham o’lchov asbobi orqali tok o’tib turadi.
Siljish o’lchagichning bunday kamchiligini yo’qotish uchun amalda induktiv differensial siljish o’lchagichlar (28-д, rasm) qo’llaniladi.
Differensial siljish o’lchagichlar ikkita bir xil induktiv siljish o’lchagichning differensial sxema bo’yicha ulanishidan hosil bo’ladi (28-д rasm).
Qo’zgaluvchi temir o’zak (yakor) o’rta holatda turganda δ1= δ2 = δ0 chiquvchi signal nolga teng bo’ladi (Iч=0). Yakorning bu holat o’zgarishi, kiruvchi signal X ta'sirida qo’zg’aluvchi temir o’zak o’ngga yoki chap tomonga siljishi natijasida signal Iч hosil bo’ladi. Yakorning δo ga nisbatan o’ngga yoki chapga og’ishi bilan hosil bo’ladigan signallar bir- biriga qarama-qarshi yo’nalishda (ularning fazasi 180° ga burilgan) bo’ladi.
Buni differensial induktiv siljish o’lchagichning statik tavsif grafigidan (28- в rasm) ko’rish mumkin. Siljish o’lchagichning sezuvchanligi oddiy induktiv o’lcha­gichlar sezuvchanligidan ancha katta bo’lib quyidagi formula asosida topiladi:
ΔI = tgα .
Δδ

29-rasm. Taxogeneratorlar: a – o’zgarmas tok taxogeneratori; б - uning tavsif grafigi; в, г – o’zgaruvchan tok taxogeneratori va uning stakansimon rotori; 1,2 - stator o’ramlari.





Yüklə 327 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin