Mini keys (Kichik hajmdagi mummoli vaziyatlar echimi amalga oshirish)
“Kimyo va qurilish materiallarni sanoati mashina aparatlarining montaji hamda ekspulattsiyasi” fanidan o‘qituvchi rahbarligida bajariladigan mustaqil ishlar mavzulari va ularni bajarish shakli
Oraliq nazoratlar. Oraliq nazoratlar semester davomida 1 marotaba – o‘quv semestrini 8 xaftasida o‘tkaziladi va maksimal 20 ball bilan baholanadi. Shuningdek, talabalarning semester xaftalari davomida bajargan mustaqil ishlari portfolio shaklida jamlanib, tahlil qilib baholanadi. O‘qituvchi raxbarligida bajariladigan mustaqil ishlarni bajarilish sifatiga qarab maksimal 30 ball bilan baholanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9-avgustdagi 19-2018-sonli buyrug’iga ilova qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish baholash tizimi to‘g’risidagi nizom”ga muvofiq oraliq nazoratda fan bo‘yicha A-S– darajasiga erishgan talabalar yakuniy nazoratga qo‘yiladi. Ya’ni talaba semester davomida oraliq nazorat va mustaqil ta’lim topshiriqlari bo‘yicha ajratilgan maksimal ballarni har biridan kamida 60 foizni jamg‘arishi lozim.
Yakuniy nazorat (chiqish nazorati). Yakuniy nazorat yozma ish shaklida o‘tkaziladi va nazorat variantlari 3 ta nazariy savoldan iborat bo‘ladi. Talabaning yakuniy nazoratdagi o‘zlashtirishi maksimal 50 ballik tizimda baholanadi. Talabaning oraliq va yakuniy nazorat turlaridan to’plagan bali fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini belgilaydi va quyidagi jadval asosida uning baholash ko‘rsatkichi aniqlanadi.
Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o’tkazish jadvali