Siyosat va mafkura iqtisodiyotdan ustun bo‘lib, uning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berardi.
Bu tuzimning iqtisodiy negizini davlat va kolxoz-kooperativ mulk shakllaridan iborat umumxalq mulki deb atalmish, egasiz mulk tashkil etardi.
Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish
O‘tgan 30 yillik mustaqil taraqqiyot davrida iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflyatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik xarakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va kulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hamda valyuta bozori xolati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarniig barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish bugungi kunning muxim masalalaridan xisoblanadi.

Xech kimga sir emaski, ichki va xalqaro savdoni amalga oshirishda valyuta kursi asosiy ta’sir ko‘rsatadigan omil sifatida qaraladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida O‘zbekiston Respublikasi valyuta tizimida valyuta munosabatlarini tartibga solish amaliyotini takomillashtirish borasida qator muammolarning mavjudligi namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, valyutaviy nazorat jarayoniga aslida nazorat funktsiyasiga ega bo‘lmagan tijorat banklarining faol tarzda jalb etilganligi valyutaviy nazorati ta’sirchanligi va samaradorligiga, joriy valyuta bozori likvidlilik darajasi past darajada ekanligi esa, milliy valyutaning nominal almashuv kursini talab taklif asosida shakllantirish jarayoniga salbiy ta’sir qilmoqda.