2.2.
Bolalarni o’z-o’ziga ximatt qilishga o’rgatishda tarbiyachi
faoliyati hamda oilaning o’rnini o’rganish.(tajriba sinov
ishlari)
Tajriba sinov ishlarimizning bosh maqsadidan mantiqan kelib
chiqadigan ustivor maqsad –mustaqil taraqqiyot yo‟lidagi O‟zbekiston
kelajagi bo‟lgan bolalarni o‟z-o‟ziga xizmat qilishga ya‟ni mehnatsevarlik
ruhida tarbiyalash va bunda tarbiyachi pedagoglarni va oilaning tutgan
o‟rnini oshirish, mustahkamlash va shu orqali Vatan ravnaqi, xalq farovonligi
va osoyishtaligiga xizmat qilishdir.
Bolalarni o‟z-o‟ziga xizmat qilishga ya‟ni mehnatsevarlik ruhida
tarbiyalashda tarbiyachi va ota –onalarning ibrat namunasi g‟oyatda muhim
ahamiyat kasb etadi. Oilada ota –onalar yoki keksa avlod vakillari tomonidan
bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash yosh avlodning har tomonlama
rivojlanishida katta rol o‟ynaydi.
Bolalar tarbiyasida doimiy tarbiyaviy, ta‟sirchan kuch –oilaviy tartib
ya‟ni oila a‟zolarining bir –biriga munosabati, ota –ona va boshqa katta
kishilarning xulq atvori, madaniy va ijtimoiy saviyasi, oila byudjeti, yashash
sharoiti va hokazolarning maromidir.
Oila qanchalik tartibli, uning a‟zolari o‟rtasidagi munosabatlar samimiy
bo‟lsa, oiladagi mehnat taqsimoti to‟g‟ri yo‟lga qo‟yilgan bo‟lsa –bolani
mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash darajasi ham shunchalik yuqori bo‟ladi.
Bolani o‟z-o‟ziga xizmat qilishga ya‟ni mehnatsevarlik ruhida
tarbiyalashda maktabgacha ta‟lim muassasalarida va oilada mehnat
tarbiyasi,berish bolalarni uy yumushlariga ilk yoshliklaridanoq to‟g‟ri jalb
etish bunda ularning yosh jins va individual psixologik xususiyatlarini
35
inobatga olishni nazarda tutadi. Bolaning ilk mehnat tajribasi (kiyimini o‟zi
kiyishi) o‟rin –ko‟rpasini yig‟ishtirishi, idishtovoq yuvish, gulga suv quyish
va hokazolar) kelgusida uning mehnat faoliyati samarali bo‟lishiga asos
bo‟ladi va uni murakkabroq vazifalarga undaydi.
Har bir ota –ona o‟z farzandiga e‟tiborli bo‟lsa albatta ko‟nglidan nima
kechayotganligini biladi. sababiga qiziqadi yordam beradi, goh shirinso‟z,
goh maslahati bilan bolaga yo‟l ko‟rsatadi.
Gap bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash to‟g‟risida borar ekan,
avvalo ularni tarbiyalovchi ota –onaning o‟zi tarbiyalanganmi, avvalo shunga
e‟tiborimizni qaratishimiz zarur. Ayrim yosh ota –onalarimiz o‟z farzandlari
oldidagi vazifalarini unutib qo‟yadilar. Atrofga qarasak yosh otalarning
farzandlar oldida katta avlod vakillariga behurmatlik qilib, aytgan ishlarini
qilmaslik, holatlari ham afsuski uchrab turibdi. Ota –ona o‟sib kelayotgan
avlod bolalar uchun dorilfunundir. Axir ular ota –onalaridan o‟rnak oladilar.
Farzandi ko‟ngildagidek bo‟lib o‟sishini, komil inson bo‟lib, halqqa xizmat
qilishini istagan har bir ota –ona o‟ziga farzandi oldidagi burchimni
bajarilyapmanmi? Degan savolga javob berishini odattusiga kiritishini istar
edik.
Ijtimoiy tarbiyaning roli va imkoniyatlari qanchalik o‟sib borgani sari,
bolani mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda oilaviy tarbiya zarur va uni
boshqasi bilan almashtirib bo‟lmaydi. Bolalik bu insonning hissiyoti,
ko‟nikmasi, xulq –atvori, didlarining shakllanish davridir. Xuddi shu davrda
uning indviiudal xususiyatlari, harakter bilgilari, axloqiy irodaviy tomonlari
paydo bo‟la boshlaydi, tilga ega bo‟lib nutqi paydo bo‟lishi bilan bola
kishilik tajribasini o‟stira boshlaydi. Psixologlarning fikricha bola uch
36
yoshgacha bo‟lgan davrda otadan merosi qolgan tomonlarni amalga oshira
boshlaydi. Shuning uchun ham bu merosning ijtimoiy qiymatga ega bo‟lishi
juda muhimdir.
Bolalar tarbiyasi –uni mehnatsevrlik ruhida tarbiyalash ijodiy jarayon.
Bolalar bilan birgalikdagi hayot bu haqiqiy san‟at bo‟lib, doimo uni
takomillashtirib borilsa har qanday san‟at kabi ota –onaga quvonch bahsh
etadi. Shuningdek, bolalar bilan birga bo‟lish, faqatgina quvonch emas,
ma‟naviy kamolotni manbai hamdir. Farzandlari bilan muomala qilish ular
hayotini yangi ma‟no va mazmun bilan boyitadi, yanada rang –barang qiladi.
Shak –shubhasizki qarzandli bo‟lish, bolalar bilan birga va ular uchun
hamxo‟rlik qilishdik psixologik jarayonni, ehtiyojni hamma ham tushunib
yeta bilmaydi. Biz bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda oilaning
o‟rnini o‟rganish yuzasidan kuzatuv va tadqiqot ishglarimizni Jizzax shahar
№3-sonli “G‟uncha” nomli maktabgacha ta‟lim muassasasining
tarbiyalanuvchilari va ota-onalari o‟rtasida olib bordik .
Tajriba –sinovdagi maktabgacha ta‟lim muassasasida quyidagi ish
shakllarini amalga oshirdik, uyushtirdik:
-
Suhbat;
-
Qahramonlar bilan uchrashuvlar;
-
Anketa –test so‟rovlari o‟tkazdik.
Bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash haqidagi bilimlarini
aniqlash uchun ota –onalarga qquyidagi savollar bilan murojaat qildik:
1.
Siz bolangizga mehnatsevarlik haqida nimalarni o‟rgatdingiz?
2.
Mehnatsevarlik nima?
37
3.
Mehnatsevarlik bilan mehnat o‟rtasida qanday farq bor deb
o‟ylaysiz?
4.
Bolalaringiz bilan mehnat rejalarini tuzib chiqasizmi? Qanday
qilib?
5.
Bolangizga mehnat qahramonlari haqida kimlarni, qanday
ma‟lumotlarni ayta olasiz.
6.
Bolangizni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash uchun nimalar
qilish va qanday ish olib borish kerak deb o‟ylaysiz?
7.
Oilada mehnat taqsimotini qanday yo‟lga qo‟ygansiz?
8.
Bolangizga kun tartibi joriy qilanmisiz? Agar shunday bo‟lsa
buni ahamiyati nimada deb o‟ylaysiz?
9.
Oilada,
dasturxon
atrofida
bolalaringizga
mehnatsevarlik
to‟g‟risida qanday hikoya, ertak, rivoyatlar aytib bera olasiz?
10. Bolangizni qanday ro‟zg‟or yumushlariga jalb qilasiz? Unga
og‟irlik qilmaydimi?
11. Bolaningzni muntazam bajarib boradigan ro‟zg‟or yumushini
ayting va siz buni qanday nazorat qilasiz?
12. Mehnat ko‟nikmalaridan qaysilarini bolangiz mustaqil bajara
oladi deb o‟ylaysiz?
13. Bolangiz ko‟proq qaysi faoliyat bilan shug‟ullanishi kerak deb
o‟ylaysiz. 1. O‟yin, 2. Mehnat, 3. O‟qish asoslab bering.
14. Mahallada o‟tkazilgan xayriya hasharlarida ishtirok etasizmi?
Bunga bolangizni munosabati qanday.
15. Bolangiz
tarbiyasida mehnatsevarlik to‟g‟risidagi qanday
maqollardan foydalansiz?
38
Dastlabki tajriba ishida ota –onalarning “Bolalarni mehnatsevarlik
ruhida tarbiyalash” haqidagi tushunchalari va uni amalga oshirishdagi
tajribalarini o‟rgandik bunda muassasa pedagogi bilan birgalikda 20 ta ota –
ona ishtirok etishdi.
Anketalarga quyidagicha javob oldik? “Bolangizga mehnasevarlik
to‟g‟risida nimalarni o‟rgatingiz? Savolga 17 ta ijobiy to‟g‟ri javob, 2 ta
yaxshi va bitta qoniqarli javob, “Mehnatsevarlik” tushunchasining mazmuni
haqidagi savolga 16 ta to‟g‟ri javob. Bolani mehnatsevarlik ruhida
tarbiyalash uchun qanday ish olib borish kerakligi haqida 12 ta to‟g‟ri javob,
oilangizda mehnat taqsimotini qanday yo‟lga qo‟ygansiz savoliga 16 ta ijobiy
javob. Bolangiz ko‟proq qaysi faoliyat turi bilan shug‟ullanishi kerak deb
o‟ylaysiz? Savoliga 14 ta to‟g‟ri to‟g‟ri javob. Bolangiz tarbiyasida qanday
mehnatsevarlik to‟g‟risidagi maqollardan foydalanasiz? Savoliga 17 ta to‟g‟ri
javob Mahallada, bayram tadbirlarda o‟tkaziladigan xayriya xasharlarida
ishtirok etasizmi? Savoliga atigi 12 ta “Ha” javobi. Yuqoridagi javoblardan
ko‟rinib turibdiki, bolani mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash to‟g‟risida ota –
onalar yetarli bilimga ega bo‟lsada, yetarlicha ma‟suliyat bilan bu ishga
yondashmaydi. Shuni ta‟kidlash lozimki 27 maktabgacha ta‟lim
muassasasida ota –onalar bilan qayta o‟tkazilgan tadqiqot mazmuni 85 foiz
yuqori. Chunki bu yerda maktabgacha ta‟lim muassasasi rahbariyati bilan ota
–onalar uchun tashkil etilgan suhbatimizda ota –onalarga kerakli xulosa,
taklif va tavsiyalar berilganligi, ota –onalarni mehnatsevarlik to‟g‟risidagi
hamda faollashtirilib, ijobiy tomonga o‟zgarganligi yaxshi natija berdi.
Ota –onalar bilan o‟tkazilgan suhbatda bolalarni mehnatsevarlik ruhida
tarbiyalashning xususiyatlari, aksincha bu jarayonga beparvalikning achinarli
39
oqibatlari –hayotiy misollar orqali ko‟rsatib berildi. Bolalarni mehnatsevarlik
ruhida tarbiyalashda qo‟l keluvchi usullar bilan tanishtirildi.
Jumladan, bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda;
-
Xalq og‟zaki ijodining boy namunalari hikoyat va ertaklar va
she‟r, qo‟shiq maqollar orqali bolalarga ijobiy tarbiyaviy ta‟sir o‟tkazish.
-
Bolalarni
mehnatsevarlik
ruhida
tarbiyalashda
hadis
namunalaridan foydalanish;
-
Oila va bolalar uchun ota –onalar tomonidan kun tartibi o‟rnatish;
-
Oilada mehnat taqsimotini to‟g‟ri yo‟lga qo‟yish;
-
Bolalarda mehnatga munosabatni to‟g‟ri yo‟lga qo‟yish;
-
Bolalarni mehnatga jalb qilish va ularni qo‟llab –quvvatlash shakl
va usullari bayon qilindi.
Bundan so‟ng o‟rtacha “Bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda
tarbiyachi pedagoglar va oilaning o‟rnini oshirish” uchun nimalar qilishi
kerakligi to‟g‟risida savol tashlanib, ota –onalarning mustaqil fikrlari
tinglandi. Xulosalar shuni ko‟rsatdiki ota –onalar o‟tkazilgan tadbirlar orqali
o‟zlari uchun kerakli bilimlarga ega bo‟ldilar.
Dostları ilə paylaş: |