4. Boshqaruvda ma"muriy buyruqbozlik tizimining mutloqlashtirilishi.
Urushdan keyin mamlakatda rahbarlik qilish usullari normal holatga o’tadi, tinch qurilishga moslashtiriladi, ijtimoiy-siyosiy hayot demokratlashtiriladi, degan orzu-niyatlar ro’yobga chiqmadi. Aksincha iqtisodiyotda, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotda ma’muriyatchilik kuchaydi. Mamlakatni boshqarish partiya-davlat apparatida rahbarlik lavozimlarini egallagan tor doiradagi xodimlar tomonidan tayyorlanadigan, shaxsan Stalin imzosi bilan matbuotda e’lon qilinadigan farmon va qarorlar orqali amalga oshiriladigan bo’lib qoldi. Hammani, xususan joylardagi rahbarlarni nazorat ostiga olgan totalitar tuzum Kremlda o’tirganlarga mamlakatni farmon va qarorlar bilan boshqarish imkoniyatini berardi. Respublikalarning, jumladan, O’zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohadagi muammolarni hal qilish huquqlari yanada cheklanib bordi. Stalinning g’alabani ta’minlashda rus halqi asosiy rol o’ynadi, degan mash’um g’oyasi butun malakatni ruslashtirish siyosatiga aylandi. Ommaviy axborot vositalari, Kompartiya va komsomol tashkilotlari ruslarni «katta», «ulug’ og’amiz» deb barala targ’ib qila boshladi .
Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq boshlangan qishloq aholisini yerdan mahrum qilish jarayoni urushdan keyin hamdavom etdi. 1946-yil sentabrda VKP(b) MQ va SSSR hukumatining «kolxozlarda qishloq xo’jalik ustavining buzilishini tugatish choralari to’g’risida» qarori e’lon qilindi. Qishloq xo’jaligi bilan aloqasi bo’lmagan 1300 tashkilotga yordamchi xo’jalik sifatida berib qo’yilgan 6 ming gektar yerni kolxozlarga qaytarish, kolxozlardagi boshqaruv apparati shtatidan 51 ming kishini qisqartirish kabi ijobiy ishlar bilan birga jiddiy xatoliklarga, adolatsizliklarga yo’l qo’yildi. Kolxozlar manfaatlarini himoya qilish bayrog’i ostida respublika qishloqlarida istiqomat qilayotgan 50 ming kolxozchi oilasi qo’lidagi tomorqa yerlaridan 25 ming gektari ustavda belgilanganidan «ortiqcha» deb tortib olindi. Koxoz hududida yashagan, ammo unga a’zo bo’lmagan 20 ming xo’jalikning go’yo, «qonunga xilof» ravishda egallagan 2,5 ming
gektar yerlari ham tortib olindi. Qishloq aholisini yerdan mahrum etish jarayoni 50- yillarda ham davom etdi.
5. O'zbekistonda qo'shma korxonalarning tashkil topishi va ularning faoliyati. Uzbekiston Prezidenta I.Karimov boshchiligidagi davlat delegatsiyasining 1992 yil iyun oyida Janubiy Koreyaga kilgan rasmiy tashrifi shu soxaga kamol topish kuydi: Avgustda esa ikki davlat avtomobil ishlab chikaruvchi kushma korxona tashkil kilish tugrisida kelishib olishdi. 1993 yilning mart oyida avtomobil ishlab chikarish zavod DEU avto» nomi bilan ruyixatga olindi. Va Andijon viloyatining Asaka shaxridagi pritsiplar ishlab chikarish korxonasi negizida uni kurish boshlandi. 1996 yilning mart oyida DAMAS, iyunda TIKO, iyulda NEKSIYA, MATIS ishlab chikarila boshladi. SHu kunlarla korxona 4000 dan zied ishchi ishlaetgyan bulsa , yakin kelajakda taxminan 55-65 ming kishi ishdaydigan yirik avtomobil sozlik majmutga aylinishi mumkin. Uzbekistonnng yana bir avtomobil zavodi 1999 yil 16 mart kuni Samarkandda ochildi. Uzavtosanoat uyushmasi 1995 yilda Turkiyaning «Kochxoldin» kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga kura «Samkochavto» kushma korxonasi iiliga minglab turli ruemdagi kulay va ixcham avtobuslar, yuk tashish mashinalari ishlab chikarish kuzga tutilgan edi. Xozirda fakatgina AKSH va Uzbekistonda paxtachilik mashina va uskunalari tulik ishlab chikarish. Uzbekiston 90 ynllaming kelib ega zamonaviy avtomobil industriyasiga ega buldi
Dostları ilə paylaş: |