Mezolit (o’rta tosh) davri


1. O’zbek xalqi ilk davlatchiligi tarixining O’rta Osiyo xalqlari tarixi bilan uzviy bog’liqligi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə35/293
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#43010
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   293
Mezolit (o’rta tosh) davri-fayllar.org

2568745

1. O’zbek xalqi ilk davlatchiligi tarixining O’rta Osiyo xalqlari tarixi bilan uzviy bog’liqligi. O‘zbeklar alohida etnik birlik (elat) bo‘lib, Movarounnahr,Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning g‘arbiymintaqalarida shakllangan. O‘zbekiston hududida qadimdan o‘troq yashab, sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelgan mahalliysug‘diylar, baqtriylar, xorazmiylar, farg‘onaliklar, shoshliklar, yarim chorvador qang‘lar, ko‘chmanchi sak-massaget kabietnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi bo‘ylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik guruh ham O‘zbek xalqi etnogenezida ishtirok etadilar.Yuqorida nomlari keltirilgan etnoslar asosan turkiy va sharqiy eroniy tillarda so‘zlashganlar. Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yuqorida nomlari qayd etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan aralashuv jarayoni natijasida o‘troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, o‘zbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllanadi. Mil. avv. III asrda Sirdaryoning o‘rta oqimida tashkil topgan Qang‘ davlati davrida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, o‘ziga xos uyg‘unlashgan madaniyat shakllanadi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat «Qovunchi madaniyati» nomini olgan. Antropolog olimlarning ta’kidlashlaricha, aynan shu davrlarga kelib, O‘rta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholi tashqi qiyofalarida hozirgi o‘zbek va voha tojiklariga xos antropologik qiyofasi to‘liq shakllanadi.




Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin