9746749
1. «Avesto» - zardushtiylik dinining muqaddas kitobi.«Avesto» olis tariximizning asl durdona asarlari sirasiga kiradi1. «Avesto» kitobi mil. av. so’nggi ming yillik boshlari va o’rtalarida yashagan hududimizdagi qadimgi xalqlarning o’ziga xos turmush tarzi, xo’jalik mashg’uloti, ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odatlari-yu, marosimlari haqida ma’lumot beruvchi muhim tarixiy manbadir.«Avesto» ta’limotining asoschisi, tarixga payg’ambar nomi bilan kirgan Zardusht (Zaratushtra Avesto tilida, Zoroastr yunon tilida) ismli shaxsdir. Zardusht «Oltin tuyali» yoki «Oltin tuya etaklovchi» degan ma’noni bildiradi. Zardusht o’z dini zardushtiylik g’oyalarini aholi o’rtasida tashviq-targ’ibot qilgan. . Avval boshda «Avesto» 21 kitobdan iborat bo’lgan. Abu Rayhon Beruniyning «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ta’kidlanishicha, Eron podshohi Doro davrida «Avesto» to’liq holda 12 ming qora mol terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa istilosi davrida uning buyrug’i bilan zardo’shtiylik ibodatxonalari vayron qilinganidek, muqaddas «Avesto»ning 5 dan 3 qismi ham kuydirib yuborilgan. Keyinroq Parfiya podshohlari Vologez I va Vologez V davrida (I- II asrlarda) «Avesto»ning qolgan-qutgan qismlari to’plangan. Sosoniylar davrida (III- IV asrlarda) «Avesto» qismlari jamlanib, pahlaviy tilida yangidan kitobot holiga keltirilgan. Hozirgacha «Avesto»ning jami 21 qismidan «Gohlar», «Yasna», «Vandidot», «Yashtlar», «Vispirad», «Kichik Avesto» nomli kitoblari etib kelgan.
Dostları ilə paylaş: |