1.O’zbekiston tarixi fanining yoshlarni har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol, vatanparvarlik…. O’zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o’tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantirishga xizmat qiladi. Vatanimiz tarixi «Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko’z qorachig’iday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o’rgatadi. O’zimizning boy o’tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg’ularini uyg’otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi».Mustaqillik qo’lga kiritilgach, Vatanimiz tarixida burilish pallasi, ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruviga asoslangan totalitar tuzumdan erkin, demokratik tuzumga o’tish davri boshlandi. O’tish davrida eski ideallar, g’oyalar, odatdagi tafakkur va axloq me’yorlari buziladi, milliy qadriyatlar qayta baholanadi, alternativ nuqtai nazarlar paydo bo’ladi, allaqachon unutilgan qarashlar qayta uyg’onadi, ziddiyatlar keskinlashadi.