2. Temuriylar davrida xo’jalik va madaniy hayot. Temuriylar davrida aholi to’laydigan turli-tuman soliqlar orasida xiroj (er solig’i) alohida ajralib turardi. Dehqonlar etishtirgan hosilning kamida uchdan bir qismi xiroj solig’iga to’langan. Bundan tashqari ushr (daromadning o’ndan bir qismi), tamg’a (savdosotiq, hunarmand ahlidan olinadigan soliq), zakot, tutun solig’i, bog’ solig’i, uloq, dorug’ona (harbiy qo’riqchilar uchun), mirobona (suv etkazib beruvchilar uchun), yasoq (chorva mollari uchun), begor (davlat hisobiga ishlab berish: saroy qurilishi, ariq, kanallar qazish uchun) va boshqa soliq va majburiyatlar joriy etilgandi. Buyuk ipak yo’lining shuhrati ayniqsa XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda, yanada ortdi. Sohibqiron mamlakatning yuksak rivojida xalqaro savdoning nechog’lik ulkan ahamiyat kasb etishini bilganligidan, bu sohani butun choralar bilan o’stirishga alohida e’tibor bergan. Bunda yurt tinchligi, ulus farovonligi masalalari har doim uning diqqat markazida turgan. Shu bois ulug’ Amir savdo yo’llarini qo’riqlash, odamlar, musofirlar, turli yurt savdogarlari manfaatlarini bosqinchilar, qaroqchilar tajovuzidan muhofaza qilishni muhim davlat ahamiyatiga molik vazifalardan deb hisoblagan. Amir Temur tashabbusi bilan mamlakatning har bir yirik shaharlarida savdo karvonlarining kirishi va chiqishini nazorat qiluvchi davlat nazorat xizmati va maxsus bojxonalar tashkil etilgan. . Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san’at va musiqa madaniyati rivoj topdi. Bu sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junaid Naqqosh, Temuriylar davri xattotligi va naqqoshligi maktabi atoqli vakillari: Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib va boshqalarning ijodi benazirdir.
3. XX asr boshlarida Turkiston o'lkasi, Buxoro va Xivadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat. Туркистоннинг ижтимоий-сиссий хаёти. XX асрнинг дастлабки ун йилликлари жахон халклари учун нихоятда огир, ташвишли ва инкирозларга бой йиллар эди. Жахон иктисодий ва сиесий инкирозолари биринч навбатда Европа ва Шаркнинг ривожланган мамлакатларини уз гирдобига тортди. Улар бу огир иктисодий ва сиесий инкироздан чикиб кетиш максадида тажовузкор ташки сиёсат олиб бордилар. Окибатда фожеали ва киргин-барот урушлар келиб чикди. 1904 й. бошланган рус-япон уруши ва 1914-1918 йй.ниуз ичнгаолган ва дунёнинг28 мамлакатини уз домига тортган. Шулар сабабли Туркистон улкасида мустамлакачилик, миллий зулм ва зуравонлик сиёсати яна авж олди. У уз олдига максад килиб Туркистон улкаси бойликларини талаш ва ерли хлкларни каттиккуллик билан эксплуатация килиб, уларнинг конини зулукдек суриш учун улуг давлатчилик, шовинистик сиёсат олиб боришни куллади. Халк эса гоят огир ва кисматли хаёт кечирар эди. Мустамлакачилар уларга паст назар билан караб, "сарт" деб атаган. Иш хаклари кам булган, соликлар ошиб борар эди, нархлар ку^тарилар эди
Dostları ilə paylaş: |