2. Somoniylar davlatida yer-suv munosabatlari va soliq siyosati Somoniylar davrida Samarqand, Buxoro, Marv, Shosh, Isfijob, shuningdek, Farg’ona, Xorazm vohasi shaharlari savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari sifatida g’oyatda ravnaq topgan. Buyuk ipak yo’li bu shaharlarni xalqaro karvon savdosi bilan tutashtirib, ular etishtirgan barcha noyob mato-yu mahsulotlarning jahon bozoriga chiqishini ta’minlagan. Metall ishlash, nodir metallardan, chunonchi, oltin, kumush, mis va boshqa ma’danlardan qimmatli, bezakli buyumlar, asbob-anjomlar tayyorlash shaharlarda keng rivojlangan. Uch joyda (Buxoro, Samarqand, Farg’ona) kumush pullar zarb etilgan. Shoshda charm mahsulotlari, Farg’ona va Iloqda qurolyarog’lar yuqori darajada tayyorlangan. Shuningdek, Farg’ona vodiysi, Ohangaron, Samarqand, Nurota tumanlarining tog’li hududlarida kon-ruda ishlab chiqarishi taraqqiy topdi. Ip - yigirish, to’quvchilik va to’qimachilik (gilamlar, poyondozlar v.b) hunarlari rivojlangan bo’lib, bu soha yumushlariga xotin-qizlar ham jalb qilingan. Somoniylar davrida yer egalari
Mulki sultoniy (davlat tasarrufidagi erlar)
Mulk erlari (xususiy erlar)
Mulki xos (oliy martabali ruxoniylar va sayyidlar tasarrufidagi erlar)
vaqf erlari (diniy muassasalarga tegishli)
jamoa erlari
3. XIX asrning 20-50-yillarida Podsho Rossiyasi bilan O'rta Osiyo xonliklari o'rtasida diplomatik va savdo-sotiq munosabatlari. Uzbek xonliklari urtasidagi munosabatlar oldinlari juda yaxshi bulib, bir-birlari bilan savdo alokalarini olib borganlar. Lekin keyinchalik xronliklar urtasida munosabatlar keskinlashib ktdi. Bularga xam uchala xonliklar xam uzlarini ustun kuyishi asosiy sababi gisoblanadi. CHunki, bu erda kim xukmron bulishi asosiy rol uynagan. YAna bir sababi, Rossiya xonliklarga urush ochganda, Xiva va Kukon xonliklari kelishisli yulnni tanlaganda, Buxoro xonligi urushish yulini taniagan edi. SHu tufayli xonliklar urtasida nizolar kelib chikkan
4. Boshqaruvda ma"muriy buyruqbozlik tizimining mutloqlashtirilishi.
Urushdan keyin mamlakatda rahbarlik qilish usullari normal holatga o’tadi, tinch qurilishga moslashtiriladi, ijtimoiy-siyosiy hayot demokratlashtiriladi, degan orzu-niyatlar ro’yobga chiqmadi. Aksincha iqtisodiyotda, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotda ma’muriyatchilik kuchaydi. Mamlakatni boshqarish partiya-davlat apparatida rahbarlik lavozimlarini egallagan tor doiradagi xodimlar tomonidan tayyorlanadigan, shaxsan Stalin imzosi bilan matbuotda e’lon qilinadigan farmon va qarorlar orqali amalga oshiriladigan bo’lib qoldi. Hammani, xususan joylardagi rahbarlarni nazorat ostiga olgan totalitar tuzum Kremlda o’tirganlarga mamlakatni farmon va qarorlar bilan boshqarish imkoniyatini berardi. Respublikalarning, jumladan, O’zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohadagi muammolarni hal qilish huquqlari yanada cheklanib bordi. Stalinning g’alabani ta’minlashda rus halqi asosiy rol o’ynadi, degan mash’um g’oyasi butun malakatni ruslashtirish siyosatiga aylandi. Ommaviy axborot vositalari, Kompartiya va komsomol tashkilotlari ruslarni «katta», «ulug’ og’amiz» deb barala targ’ib qila boshladi .
Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq boshlangan qishloq aholisini yerdan mahrum qilish jarayoni urushdan keyin hamdavom etdi. 1946-yil sentabrda VKP(b) MQ va SSSR hukumatining «kolxozlarda qishloq xo’jalik ustavining buzilishini tugatish choralari to’g’risida» qarori e’lon qilindi. Qishloq xo’jaligi bilan aloqasi bo’lmagan 1300 tashkilotga yordamchi xo’jalik sifatida berib qo’yilgan 6 ming gektar yerni kolxozlarga qaytarish, kolxozlardagi boshqaruv apparati shtatidan 51 ming kishini qisqartirish kabi ijobiy ishlar bilan birga jiddiy xatoliklarga, adolatsizliklarga yo’l qo’yildi. Kolxozlar manfaatlarini himoya qilish bayrog’i ostida respublika qishloqlarida istiqomat qilayotgan 50 ming kolxozchi oilasi qo’lidagi tomorqa yerlaridan 25 ming gektari ustavda belgilanganidan «ortiqcha» deb tortib olindi. Koxoz hududida yashagan, ammo unga a’zo bo’lmagan 20 ming xo’jalikning go’yo, «qonunga xilof» ravishda egallagan 2,5 ming
gektar yerlari ham tortib olindi. Qishloq aholisini yerdan mahrum etish jarayoni 50- yillarda ham davom etdi.
5. O'zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining o'rni va imkoniyatlari. Kishlokda tub isloxatdar utkazishning bir necha xos olimlari bor UzbekistonRespublikasi axolisining 60 foizi kishloklarda istikomat kiladi .Tugilish kishloklarda kup bulgani tufayli ish bilan ta'minlash muammolarini xam kishloklarda eng dolzarb masalalardan xisoblanadi. Kishlok xujaligida ishlab chikarish samaradorligini oshirish maksadida 1991-1996 yillarda kishlok xujaligi majamuyga raxbarlikni yangiiap;, agrar isloxolarni xukukiy asosini yaratish chor-yatrni kirildi. Vazirlar Maxkamasi 1994-1995 yillarda kishlokda isloxatlar utkazishga doyr 10 dan ortik kabul kildi. Uzbekistonda asosiy boyliklar paxta buldi. 1,5 mil.tonna tola ishlab chikarila boshladi. Bu maxsulot juda kuplab xoridiy mamlakatlarga ekspert kilindi
Dostları ilə paylaş: |