Mahsulot innovatsiyasi – sayyohlik mahsulotining iste’mol xususiyatlarini, uning bozorda o‘zini taqdim etishini o‘zgartirdi va raqobat afzalliklarini berdi. Bu yangiliklar turizm bozoriga oldin mintaqada taqdim etilmagan sayyohlik yo‘nalishlari, xizmatlari, tovarlarini tatbiq etish shaklida bo‘lishi mumkin. Masalan, Shahrisabzni festivallar shahriga aylantirish. Yoki bozorga boshqa har qanday yangi voqyeani taklif etish – forummi, maskaradli namoyishmi, gastronomik tur (Facebookda “Vkusnыy Uzbekistan” guruhi mavjud)mi – shular jumlasidan.

Keyingi yillarda ekologik toza yashash joylarida istiqomat qilish (Eco-Nubia Lodge – Asvon, Misr), muzeylar bo‘ylab virtual turlar yangi xizmat sanalmoqda. Turizmdagi tovar innovatsiyalari – bu texnologik takliflar, masalan, diskont tizim (Uzbekistanpass.com), elektron audio-gid, sayyohlik uchun mini suv osti kemasi kabilar. Axborot texnologiyalari, jumladan izlash va axborot yetkazishning qulay vositalarini, saytlar, mobil ilovalar va boshqalarni ishlab chiqish va joriy etish ham shularga kiradi.
Tashkiliy (boshqaruv) innovatsiyalari – sayyohlik tashkilotida quyidagilar asosida biznes-jarayonlarni ishlab chiqish va tatbiq etish: • texnologiyalar; • kadrlar siyosati; • iqtisodiy va moliyaviy faoliyat; • yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik sxemalari.
Kadrlar siyosati deganda mutaxassislarning yangi profillari (turlar rejissyorlari) va professional talablar (tur-konsalting) ni tatbiq etish, malakani oshirish tizimi, xodimlarni qayta tayyorlash va motivatsiyalash ko‘zda tutiladi.