Foydalanuvchining uskunalar panelini yaratish: - Ko`rinish menyusida uskunalar panellari buyrug`ini tanlang;
- panel nomi satrida yangi panel nomini kiriting;
- Yangi tugmasini bosing;
- Yangi bo`sh uskunalar paneli va sozlash muloqot oynasi chiqariladi;
- Toifalar menyusida qo`shiluvchi tugmalar toifasini ajrating;
-Tugmalar menyusidan zarur tugmani asboblar panelining kerakli joyiga olib keling (xuddi shunday boshqa tugmalar ham qo`shiladi).
Zarur bo`lmagan tugmalarni olib tashlash uchun "sichqoncha" yordamida ularni uskunalar panelidan tashqaridagi ixtiyoriy joyga surib olib kelish mumkin.
-"Yopish" tugmasini tanlang.
Foydalanuvchining uskunalar panelini olib tashlash uchun:
- "Ko`rinish" menyusida Uskunalar paneli buyrug`ini tanlang;
- Uskunalar paneli oynasida foydalanuvchi panelini ajrating;
- Olib tashlash tugmasini bosing;
- OK tugmasini bosing.
g) EXCEL oynasini to`la ekrangacha kattalashtiradi va uskuna paneli hamda holat satrini bekitadi. Bu buyruqni bajargandan so`ng, ekranda to`la ekran tugmasi paydo bo`ladi. Odatdagi tur ekranga aytishi uchun ushbu tugmani bosish kerak.
d)Masshtab buyrug`i-obyektlarni surish, joylash-tirish yoki ishchi varag`ini ko`rish uchun turli masshtabdagi ishchi varaq yoki diagrammani chiqaradi.
- buyruq aniqroq ko`rish uchun ishchi varag`ini yoki diagramma varagini kattalashtirish yoki uning katta qismini ekranda ko`rish uchun kichiklashtirish imkonini beradi.
Masshtabni o`rnatish:
- joylashtirilgan masshtab ko`rsatmasi yonida "sichqoncha" kursorini bosish yoki "foydalanuvchiniki"ni tanlang va 10 dan 400 gacha bo`lgan sonlar kabi foizlarda masshtab kiriting.
Masshtabni o`zgartirish uchun, shuningdek, uskuna panelida Masshtab oynasidan foydalanish mumkin.
2. Ko`rinish qo`shimcha varag`i, "Parametrlar" buyrug`i ("Servis" menyusi).
- ekranga EXCEL ishchi joyining qanday elementlari chiqarilayotganligini nazorat qiladi.
Ko`rinish qo`shimcha varag`i quyidagi asosiy elementlarga ega: Ko`rsatish guruhi:
- formulalar satriga bayroqcha - formulalar satrini chiqaradi yoki bekitadi;
- holat satriga bayroqcha-formulalar satrini chiqaradi yoki bekitadi. Obyektlar guruhi:
- Hammasini ko`rsatish bayroqchasi - barcha grafik obyektlar, tugmalar, matn oynasi, rasm va chizmalarni chiqaradi;
- Tashqi ko`rinishni ko`rsatish bayroqchasi-ajratilgan rasm va diagrammalarni kul rang tashqi ko`rinishda chiqaradi (faqat tashqi ko`rinishni chiqarish varag`i bo`yicha siljishni tezlashtiradi);
- Hammasini bekitish tugmasi - barcha grafik obyektlar, tugmalar, matn oynasi, rasm va chizmalarni bekitadi. Bekitilgan obyektlarni chop etmaydi;
- formulalar bayroqchasi - katakchalarda olingan qiymatlar o`rniga formulalarni chiqaradi. Shuningdek, barcha ustunlarni ikki marta kattalashtiradi va katakchadagilarni chap beti bo`yicha tekislaydi;
- Elak bayroqchasi - ishchi varaqda elakni chiqaradi yoki bekitadi;
- Rang menyusi - ishchi varag`ida elak, shuningdek satr va ustunlar sarlavhasining rangini belgilaydi;
- Satr va ustun sarlavhasi bayroqchasi - satr va ustunlarni sarlavhalaydi;
- Nol qiymatlar bayroqchasi - agar bayroqcha olib tashlangan bo`lsa, u holda nol qiymatli katakchalar bo`sh bo`lib chiqariladi;
- burishning gorizontal chizig`i bayroqchasi - burishning vertikal chizig`ini chiqaradi;
- varaqning yozuv bayroqchasi - varaq yozuvlarini chiqaradi.