Microsoft Office



Yüklə 30,1 Kb.
səhifə3/7
tarix31.03.2023
ölçüsü30,1 Kb.
#91978
1   2   3   4   5   6   7
Microsoft Office

Ishlab chiqarilgan sana

Nomlanishi/versiya

Tarkibi

19.11.1990

Office 1.0

Word 1.1, Excel 2.0, PowerPoint 2.0

04.03.1991

Office 1.5

Word 1.1, Excel 3.0, PowerPoint 2.0

08.07.1991

Office 1.6

Word 1.1, Excel 3.0, PowerPoint 2.0, Mail 2.1

30.08.1992

Office 3.0, Office 92

CD-ROM versiya: Word 2.0c, Excel 4.0a, PowerPoint 3.0, Mail

17.01.1994

Office 4.0

Word 6.0, Excel 4.0, PowerPoint 3.0.

2-iyun, 1994

Office 4.3

Word 6.0, Excel 5.0, PowerPoint 4.0, Mail 3.2, Access 2.0.

3-iyul, 1994

NT 4.2 uchun Office




30.08.1995

Office 95 (7.0)

Windows 95 uchun Word 7 va boshqalar

30.12.1996

Office 97 (8.0)

Word 97 va boshqalar

20-iyun, 1998

Office 97 Powered by Word 98 (8.5)

Word 98 olishning yagona usuli.

27.01.1999

Office 2000 (9.0)

Word 2000 va boshqalar; Windows 95 koʻtara oladigan oxirgi versiya, 2009-yildan toʻxtatildi.

31.05.2001

Office XP (10.0)

Word 2002 va boshqalar

17.11.2003

Office 2003 (11.0)

Word 2003 va boshqalar; Dastur timsollari Windows XP koʻrinishida namoyon boʻldi.

30.01.2007

Office 2007 (12.0)

Word 2007 va boshqalar;

12.05.2010

Office 2010 (14.0)

Word 2010 va boshqalar; Windows XP/Vista uchun soʻnggi versiya. Office 2003/2007 larning sotilishi shu yilning 11-yanvar kuni toʻxtatildi.

01.10.2013

Office 2013 (15.0)

Word 2013 va boshqalar

22.09.2015

Office 2016 (16.0)

Word 2016 va boshqalar


Microsoft Word (qisqacha MS WordWinWord yoki Word) – matnli maʼlumotlarni yaratish, koʻrish va tahrir qilish uchun moʻljallangan matn muharriridir yoki matn protsessori. Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Office paketi tarkibida chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi tomonidan 1983-yil IBM PC uchun yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh (1984), SCO UNIX va Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan. Amaldagi versiyasi Windows va MacOS uchun moʻljallangan Microsoft Office Word 2016 hisoblanadi.

Tarixi:


Microsoft Word yaratilishida “Xerox PARC” taqdqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan Bravo – original grafik interfeysga ega matn protsessori katta oʻrin tutadi. Bravo asoschisi Charlz Simoni PARCni 1981-yil tark etgan. Wordning MS-DOS uchun taqdimoti 1983-yil oxirida boʻlib oʻtdi. Bu tovar bozorda yomon kutib olindi.
Biroq 1985-yil Macintosh uchun moʻljallangan versiyasi qoʻlma-qoʻl boʻlib keng tarqala boshladi. Ikki yildan soʻng Macintosh uchun Word 3.01 versiyasi ishlab chiqildi. Macintosh uchun moʻljallangan boshqa dasturiy taʼminotlar kabi Word ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi (“what you see is what you get” tamoyili – “nima koʻrsam, shuni olaman”).
MS-DOS grafik qobiqdan mahrum matn operatsion tizimi boʻlsada, DOS uchun moʻljallangan Word dasturi IBM PC ning tahrir vaqtida yarim qora yoki yotiq matn kabi matn belgilarini koʻrsatib bera oluvchi matn protsessori edi. Biroq u hali ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi. WordStar va WordPerfect kabi matn muharrirlari oddiy matn ekranini belgi kodlari bilan ishlatishar edi, baʼzan matn rangli ham boʻlardi. Ammo koʻp holda DOS dasturiy taʼminotidagi dasturlarda har bir buyruq uchun shaxsiy qiyin kombinatsiyalar qoʻllanilishi (DOS Wordda hujjat saqlashda ESC-T-S kombinatsiyasi ishlatilgan) va koʻp kotiblar faqat WordPerfectni ishlata olishi shu dasturni ishlatuvchi kompaniyalar ozroq ustunlikka ega yangi dasturga juda sekinlik bilan oʻtishgan.

Yüklə 30,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin