Soliq solish ob’ekti quyidagilardir
:
soliq solinadigan oborot;
soliq solinadigan import.
249
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deb quyidagilar e’tirof
etiladi:
1) mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini o‘tkazish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish,
shu jumladan:
tovarni va boshqa mol-mulkni jo‘natish (sotish);
ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shilgan hissa;
mol-mulkni bepul berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish), shu jumladan yuridik shaxs
xodimlariga ularning mazkur yuridik shaxs faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy ehtiyojlari
uchun mol-mulkni bepul berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish);
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga)
almashtirish uchun mol-mulkni berish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish);
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xodimga ish haqi hisobiga yoki muassisga
(ishtirokchiga) dividendlar to‘lash hisobiga mol-mulk berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish);
garov bilan ta’minlangan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yuvchi tomonidan
garov narsasini berish;
zayom shartnomalari asosida tovar-moddiy zaxiralarni berish;
2) bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bo‘linmasi tomonidan boshqa tarkibiy bo‘linmasiga,
agar tarkibiy bo‘linmalar mustaqil soliq to‘lovchilar bo‘lsa, mol-mulkni berish, ishlarni bajarish,
xizmatlar ko‘rsatish;
3) mol-mulkni moliya ijarasiga (shu jumladan lizingga) berish;
4) to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tovarni jo‘natish;
5) mol-mulkni operativ ijaraga berish;
6) intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqni o‘tkazish yoki ulardan foydalanish huquqini
berish.
Quyidagilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti bo‘lmaydi:
1) soliq to‘lovchining xarajatlari sifatida qaraladigan uning o‘z ehtiyojlari uchun tovar
berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab
chiqarishda chegirilmaydigan xarajatlar bundan mustasno;
2) bitta yuridik shaxsning bir tarkibiy bo‘linmasi tomonidan boshqa tarkibiy bo‘linmasiga
ishlab chiqarish ehtiyojlari (zavod ichki oboroti) uchun, agar tarkibiy bo‘linmalar mustaqil soliq
to‘lovchilar bo‘lmasa, mol-mulk berilishi, ishlar bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi;
3) soliq to‘lovchining o‘z ehtiyojlari uchun o‘z kuchi bilan qurilish, montaj, qurilish-montaj
ishlarini bajarishi;
4) garov qiymatiga ega bo‘lgan qaytariladigan tarani, shu jumladan shisha idishni
jo‘natish. Qaytariladigan tara mahsulot solib jo‘natilgan, qiymati ushbu mahsulot qiymatiga
kiritilmaydigan hamda shu mahsulotni yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomada (kontraktda)
belgilangan shartlarda va muddatlarda mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan
taradir. Agar tara belgilangan muddatda qaytarilmasa, bunday tarani berish soliq solinadigan
oborotga kiritiladi;
5) yuridik shaxsning ishtirokchisi (muassisi) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqqanda
(chiqib ketganda), shu jumladan tugatilganlik (bankrotlik) yoki qayta tashkil etilganlik
munosabati bilan chiqqanda (chiqib ketganda) unga dastlabki hissa doirasida mol-mulkni berish,
shuningdek oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikka (ishtirokchiga) uning mazkur shartnoma
bo‘yicha sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkida bo‘lgan ulushi qaytarilayotganda yoki bunday
mol-mulk taqsimlanganda mol-mulkni berish;
6) tugallanmagan qurilishning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va ob’ektlarini bepul
asosda berish;
7) banklarning mol-mulkni o‘z filiallariga berishi;
8) oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) ulushi sifatida tovarlarni
(ishlarni, xizmatlarni), boshqa mol-mulk va mulkiy huquqlarni berish;
9) tovarlarni va boshqa mol-mulkni qayta ishlash asosida berish;
250
10) ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida mol-mulkni mulkdordan ishonchli
boshqaruvchiga berish;
11) ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilgan taqdirda, mol-mulkni mulkdorga berish;
12) ob’ekt qiymatini ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) oladigan ijara (lizing) to‘lovining
bir qismi tarzida qoplash.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti soliq solinadigan oborotdir.
O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti uchun
bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar mazkur ishlarni, xizmatlarni oluvchining soliq
solinadigan oborotiga tartibda kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar soliq solinadigan
importdir.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlariga, agar ularni realizatsiya qilish
joyi O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.
Quyidagi shartlar yoxud ulardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi
hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi:
tovar O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan bo‘lsa va bitim natijasida O‘zbekiston
Respublikasi hududidan tashqariga chiqarilmaydigan bo‘lsa (yuklab jo‘natilmaydigan va
tashilmaydigan bo‘lsa);
jo‘natish yoki tashish boshlangan paytda tovar O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan
bo‘lsa.
Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi hududi ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish
joyi deb e’tirof etiladi, agar:
1) ishlar, xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq
bo‘lsa. Bunday ishlar, xizmatlar jumlasiga, xususan, qurilish, montaj, qurilish-montaj, ishga
tushirish-sozlash, ta’mirlash, restavratsiya qilish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek ko‘chmas
mulkni ijaraga berish kiradi;
2) ishlar, xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan ko‘char mulk (transport
vositalari bundan mustasno) bilan bog‘liq bo‘lsa;
3) xizmatlar haqiqatda O‘zbekiston Respublikasi hududida turizm, madaniyat, san’at, ta’lim,
jismoniy tarbiya va sport sohasida ko‘rsatilayotgan bo‘lsa;
4) ishlarni, xizmatlarni sotib oluvchi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida
amalga oshirayotgan bo‘lsa. Ishlarni (xizmatlarni) sotib oluvchi yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilganligi asosida, bunday asos bo‘lmagan taqdirda esa, yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida
ko‘rsatilgan joy, yuridik shaxsning doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ijro etuvchi organi joylashgan yer,
agar ishlar (xizmatlar) muayyan doimiy muassasa orqali bajarilgan (ko‘rsatilgan) bo‘lsa, ushbu
doimiy muassasa joylashgan yer asosida O‘zbekiston Respublikasining hududida haqiqatda hozir
bo‘lib turgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining hududi sotib oluvchining faoliyati amalga
oshiriladigan joy hisoblanadi. Ushbu bandning qoidalari quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquq o‘tkazilgan yoki ulardan foydalanish huquqi
berilganda;
maslahat berish, auditorlik, yuridik (advokatlik), buxgalterlik, reklama, injiniring xizmatlari,
shuningdek axborotga ishlov berish xizmatlari ko‘rsatilganda. Injiniring xizmatlari jumlasiga
mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish jarayoniga tayyorgarlik,
sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa ob’ektlar qurilishi hamda ulardan foydalanilishga tayyorgarlik
bo‘yicha muhandislik-maslahat berish yo‘sinidagi xizmatlar, loyihalash oldi va loyihalash xizmatlari
(texnik-iqtisodiy asoslarni, loyiha-konstruktorlik yechimlarini tayyorlash va boshqa shunga o‘xshash
xizmatlar) kiradi. Axborotga ishlov berish xizmatlari jumlasiga axborot massivlarini to‘plash va
umumlashtirish, tizimlashtirish hamda bu axborotga ishlov berish natijalarini foydalanuvchilar
tasarrufiga taqdim etish xizmatlari kiradi;
xodimlar berish agar xodimlar sotib oluvchi o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan joyda
ishlayotgan bo‘lsa;
251
ko‘char mulk ijaraga berilganda, transport vositalari bundan mustasno;
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olish bo‘yicha vositachi (ishonchli shaxs), shuningdek ushbu
qismda nazarda tutilgan xizmatlarni amalga oshirish uchun shartnomaning (kontraktning) asosiy
ishtirokchisi nomidan jalb etuvchi shaxs xizmatlari ko‘rsatilganda;
chet ellik aloqa operatorlari tomonidan aloqa xizmatlari ko‘rsatilganda;
5) tadbirkorlik yoki har qanday boshqa faoliyati O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga
oshirilsa. Ishlarni bajarayotgan, xizmatlar ko‘rsatayotgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilganligi asosida, bunday asos bo‘lmagan taqdirda esa, yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida
ko‘rsatilgan joy, yuridik shaxsning doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ijro etuvchi organi joylashgan yer,
agar ishlar (xizmatlar) bu doimiy muassasa orqali bajarilgan bo‘lsa, mazkur doimiy muassasa
joylashgan yer asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda hozir bo‘lib turgan bo‘lsa,
O‘zbekiston Respublikasining hududi ushbu faoliyat amalga oshiriladigan joy hisoblanadi.
Agar ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish boshqa asosiy ishlarni, xizmatlarni realizatsiya
qilishga nisbatan yordamchi xususiyatga ega bo‘lsa, asosiy ishlar, xizmatlar realizatsiya qilingan joy
yordamchi realizatsiya qilish joyi sifatida e’tirof etiladi.
Tovarlar jo‘natilgan (berilgan) kun, tovarlarni realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan
sanadir.
Agar tovarlarni jo‘natish amalga oshirilmasa, tovarga bo‘lgan mulk huquqi oluvchiga
o‘tkazilgan kun realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Garovga qo‘yilgan mol-mulk (tovar) garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirilganda garov
narsasiga bo‘lgan mulk huquqi o‘tkazilgan sana garovga qo‘yuvchi uchun realizatsiya qilish oboroti
amalga oshirilgan sanadir.
Yuridik shaxsning xodimlariga ularning mazkur yuridik shaxsdagi faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lmagan shaxsiy ehtiyojlari uchun ish haqi hisobiga, shu jumladan bepul tovarlar berilganda, ishlar
bajarilganda, xizmatlar ko‘rsatilganda tovar berilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rsatilgan hamda
hisobvaraq-faktura va (yoki) ishlar bajarilgani, xizmatlar ko‘rsatilgani faktini tasdiqlovchi boshqa
hujjatlar rasmiylashtirilgan kun oborot amalga oshirilgan sanadir.
Tara shartnomada nazarda tutilgan muddatda qaytarilmasa, bu tarani qaytarish uchun
belgilangan sana qaytarilishi lozim bo‘lgan taraning realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan
sanadir.
Ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sana quyidagi shartlardan
biri bajarilganda boshlanadi:
hisobvaraq-faktura yozib berilganda;
ishlar
bajarilganligi,
xizmatlar
ko‘rsatilganligi
faktini
tasdiqlovchi
hujjatlar
rasmiylashtirilganda. Ushbu qism qoidalari boshlanishi bir hisobot davriga, tamomlanishi esa boshqa
hisobot davriga to‘g‘ri keladigan ishlarga, xizmatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Ishlar, xizmatlar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilingan taqdirda, hisobvaraq-faktura
yozilgan sana ishlarni, xizmatlarni realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sanadir.
Shartnomaning (kontraktning) amal qilishi davrida ishlarni, xizmatlarni oluvchi ularning
natijalaridan o‘z ishlab chiqarish faoliyatida doimiy asosda foydalanishi mumkin bo‘lgan taqdirda,
doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilish ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini anglatadi.
Ishlar, xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi norezidentidan olingan taqdirda, ishlar, xizmatlar
olinganligi to‘g‘risidagi hujjat rasmiylashtirilgan sana oborot amalga oshirilgan sanadir.
Dostları ilə paylaş: |